MENYU
+998 71 200-55-22

Yangiliklar

18.01.2017

«Asaka» bank muomalaga chiqargan plastik kartochkalar miqdori 1,7 mln.donadan oshdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 apreldagi «Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha ham faol ishlar olib borilmoqda. Bank tomonidan 2017 yil yanvar holatiga 1 730 985 dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, ularning soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 226 535 donaga ko’paydi, 11 128 dona terminal o’rnatildi.

Plastik kartochkalar orqali amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi ham ko’paymoqda. 2016 yilda plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar miqdori 2 621,4 mlrd.so’mni, shundan savdo aylanmalari hajmi 2 474,8 mlrd.so’mni tashkil qildi.

«Asaka» bank tomonidan o’z mijozlari va shu bilan birgalikda boshqa tijorat banklari mijozi bo’lmish korhona va tashkilotlarda «ish haqi» loyihalarini joriy etish bo’yicha ham faol ishlar olib borilmoqda. 2017 yil 1 yanvar holatiga 11 030 ta korhona va tashkilotlarda «ish haqi» loyihalari joriy etildi.

Plastik kartochkalarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish maqsadida qo’shimcha infokiosklar xarid qilindi va o’rnatildi. Hozirda bank tomonidan o’rnatilgan 66 dona infokiosk va 27 dona bankomat orqali plastik kartochkalar egalariga tezkor xizmatlar ko’rsatib kelinmoqda. 2016 yilda plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan kommunal to’lovlar hajmi 120,2 mlrd.so’mni tashkil qildi.

Yangi «UzCard EMV» (OnLine) tizimidagi plastik kartalardan foydalanuvchilar infokiosk va bankomatlar orqali «SMS inform» xizmatiga ulanib, mazkur xizmat yordamida hisobiga pul mablag’larini kirim yoki chiqim qilinishi, savdo-servis tarmoqlaridagi transakziyalar to’g’risida tezkor ma’lumotlarni olish va boshqa axborotlarni olish imkoniyatiga egadirlar. 2017 yil 1 yanvar holatiga mazkur xizmat turidan foydalanuvchilar soni 307 275 nafar mijozni tashkil etdi.

«Asaka» bankda o’rnatilgan barcha infokiosk va bankomatlar «Uz Paynet» to’lov tizimiga ulangan bo’lib, mijozlar plastik kartochka orqali barcha kommunal xizmatlar bo’yicha va uyali aloqa uchun to’lovlarni amalga oshirish, plastik kartochka egalariga, qaysi bank emitenti bo’lishidan qat’iy nazar, o’z hisob raqamidagi pul mablag’lari holati bo’yicha ma’lumotlarni olish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, MasterCard va Maestro xalqaro plastik kartalari egalariga «Asaka» bank bankomatlaridan naqd pul mablag’larini o’z istaklariga ko’ra milliy valyutamizda (rasmiy kurs bo’yicha) yoki AQSH dollarida olish imkoniyati yaratilgan.

Xalqaro plastik kartochkalar «MasterCard» orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimini kengaytirish bo’yicha ishlar davom ettirilmoqda. Bank tomonidan chiqarilgan xalqaro plastik kartochkalar miqdori 9,3%ga ko’paydi va 157 671 donani tashkil qildi.


Ro'yihatga qaytarish