MENYU
+998 71 200-55-22

Yangiliklar

09.06.2017

«Asaka» bank aksiyadorlarining hisobot (yillik) umumiy yig’ilishi o'tkazilishi to'g’risida axborot

«Asaka» Bank

(pochta manzili: 100029, Toshkent sh., T. Shevchenko ko'chasi - 1)

Aksiyadorlarning hisobot (yillik) umumiy yig’ilishi o'tkazilishi to'g’risida ma’lum qiladi

Aksiyadorlarning  hisobot (yillik) umumiy yig’ilishi 2017 yilning 21 iyun kuni

soat 15-00da «Asaka» Bankning Bosh ofisida o'tkaziladi.

Manzil: Toshkent sh., T. Shevchenko ko'chasi – 1.

Kun tartibi:

1. Bankning 2016 yildagi faoliyati natijalari to’g’risida Bank Kengashi hisoboti.

2. Bank Boshqaruv Raisining 2016 yildagi moliyaviy - ho’jalik faoliyati to’g’risida hisoboti.

3. Bankning 2016 yildagi faoliyati to’g’risida Taftish komissiyasi hisoboti.

4. 2016 yil yakunlari bo’yicha tashqi audit tekshiruvi natijalari bo’yicha «Asaka» Bank Ichki Audit xizmatining hisoboti.

5. «Asaka» Bank Kengashi a’zolarini saylash.

6. «Asaka» Bank Boshqaruvi Raisi bilan ishga yollash bo’yicha shartnomani imzolash to’g’risida.

7. «Asaka» Bank Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.

8. «Asaka» Bankning 2016 yil yakunlari bo’yicha yillik hisobotni, hamda buxgalteriya. balansi, foyda va zararlar to’g’risidagi hisobotlarni tasdiqlash.

9. «Asaka» Bankning 2016 yildagi foydasini taqsimlash.

10. 2017 yilda Bankni auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning. xizmatlariga to’lanadigan haq miqdori chegarasini belgilash.

11. “Asaka” bank e’lon qilingan aksiyalarining eng ko’p miqdorini belgilash.

12. «Asaka» Bank ustaviga o’zgartirish va qo’shimchalarni tasdiqlash.

13. “Asaka” Bank Kengashiga, Bank ustav kapitalini oshirish va yangi oddiy aksiyalarni. chiqarish to’g’risidagi qarorni tasdiqlash vakolatini berish.

14. “Asaka” bankning quyidagi ichki normativ hujjatlarini yangi tahrirda tasdiqlash:

- “Asaka” bank korporativ boshqaruvi» kodeksi; 

- “Asaka” bank Ichki nazorati to’g’risida”gi nizom; 

- “Asaka” bank Dividend siyosati to’g’risida”gi nizom; 

- “Asaka” bank Manfaatlar qarama - qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to’g'risida”gi nizom. 

15. Bankning afillangan shahslari bilan bitim va kelishuvlarni ma’qullash.

Aksiyadorlarning hisobot (yillik) umumiy yig’ilishini o’tkazilishi to’g’risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi – 2017 yil 10 iyun.

Aksiyadorlarning hisobot (yillik) umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi – 2017 yil 17 iyun.

     Aksiyadorlarning hisobot (yillik) umumiy yig’ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo’yicha ma’lumotlar bilan «Asaka» Bank Bosh Ofisida  tanishish mumkin. Manzil: 100029,  Toshkent sh., T. Shevchenko ko’chasi – 1, tel. 120-26-31, 120-26-33.

     «Asaka» Bank Kengashi


Ro'yihatga qaytarish