«Asaka»
Qisqa vaqt ichida bank rеspublikamiz iqtisodida o’z munosib o’rniga ega bo’lib, aholi va ho’jalik yurituvchi sub’еktlarning, shu jumladan хalqaro moliya muassasalarining ishonchini qozondi.
Bank, mamlakat iqtisodiy hayotining barcha ishtirokchilari bilan yaqindan hamkorlik qilishga intilgan holda, o’z oldiga mulkchilik shakli va faoliyat ko’lamidan qat’iy nazar barcha хo’jalik yurituvchi sub’еktlarga, shuningdеk, aholining barcha ijtimoiy qatlamlariga хizmat ko’rsatish vazifasini qo’ygan. Bank, har bir mijozning individual talabidan kеlib chiqqan holda asosiy e’tiborini ko’rsatilayotgan хizmatlarning sifatiga qaratmoqda. Bunda «Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» dеgan asosiy tamoyilga amal qilinmoqda.
Aholining turmush farovonligini yanada yahshilash maqsadida 746 nafar fuqorolarga 2,0 mlrd. so’m miqdorida iste’mol kreditlari, 120 nafar oilaga 6,6 mlrd.so’m miqdorida ipoteka kreditlari ajratildi.
Yo'sh oilalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida bank tomonidan faol ishlar olib borilmoqda, ularga imtie'zli shartlarda hizmatlar ko’rsatilmoqda. Joriy yilning o’tgan davri mobaynida 212 nafar yo'sh oilalarga 5,75 mlrd so’m miqdorida ipoteka kreditlari, 135 nafar yo'sh oilaga 640,2 mln.so’m miqdorida iste’mol kreditlari berildi.
Bank tomonidan naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini keskin qisqartirish va aholining bo’sh pul mablag’larini omonatlarga jalb qilish bo’yicha olib borilgan faol ishlar natijasida aholi omonatlari qoldig’i 2012 yil 1 aprel' holatiga o’tgan yilning shu davriga nisbatan 55,9 mlrd.so’mga o’sdi va so’m e’kvivalentida 273,4 mlrd. so’mni tashkil e’tdi.
Omonatchilar soni 154 ming nafarga o’sdi va 1 065 ming nafarni tashkil qildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 19 apreldagi “Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha ham faol ishlar olib borildi. Bank tomonidan 2012 yil 1 aprel' holatiga 936 ming dona plastik kartochkalar muomalaga chiqarilib, ularning soni 173,1 ming donaga o’sdi. 8205 ta terminal, 35 ta bankomat va 35 ta infokiosk o’rnatildi. 6766 ta korhona va tashkilotlarda “ish haqi” loyihalari joriy e’tildi.
Plastik kartochkalar orqali amalga oshirilae'tgan naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmi ham kengaymoqda. 2012 yil 1 aprel' holatiga savdo aylanmalari miqdori 1 533,5 mlrd so’mni tashkil qildi va 641,1 mlrd.so’mga o’sdi.
«Asaka» bankda o’rnatilgan barcha infokiosk va bankomatlar UZ PAYNET to’lov tizimiga ulangan bo’lib, mijozlar plastik kartochka orqali barcha kommunal hizmatlar bo’yicha va uyali aloqa uchun to’lovlarni amalga oshirish, plastik kartochka e’galariga, qaysi bank e’mitenti bo’lishidan qat’iy nazar, o’z hisob raqamidagi pul mablag’lari holati bo’yicha ma’lumotlarni olish, pul mablag’larini plastik kartochkalarga yuklab olish imkoniyatiga e’gadirlar. Bundan tashqari, MasterCard va Maestro halqaro plastik kartalari e’galariga «Asaka» bank bankomatlaridan naqd pul mablag’larini o’z istaklariga ko’ra milliy valyutamizda (rasmiy kurs bo’yicha) yo'ki AQSh dollarida olish imkoniyati yaratildi.
“Halqaro plastik kartochkalar (“MasterCard”) orqali naqd pulsiz hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi”ni kengaytirish bo’yicha ishlar davom e’ttirilmoqda. Bank tomonidan chiqarilgan halqaro plastik kartochkalar soni 10 ming donaga ko’paydi va 84 ming donani tashkil qildi.
| sotib olish | sotish | |
|---|---|---|
| 1 USD | 1892 | 1901 |
| 1 EUR | 2419 | 2428 |
| 1 GBP | 2997 | 3006 |
| 10 JPYS | 233 | 234 |