Xususiylashtirish

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi PQ-56-sonli «Bank tizimining islohotlarini chuqurlashtirish va erkinlashtirishga qaratilgan qo’shimcha choralar to’g’risida»gi Qarori, 2006 yil 10 iyuldagi PQ-407-sonli «2006-2008 yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish to’g’risida»gi Qarori, 2007 yil 20 iyuldagi PQ-672-sonli «2007-2010 yillarda xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va xorijiy sarmoyalarni faol jalb qilishga qaratilgan qo’shimcha choralar to’g’risida»gi Qarori hamda 2007 yil 07 noyabrdagi PQ-726-sonli «Bank tizimini yanada rivojlantirish va erkin mablag’larni bank aylanmasiga jalb etishga qaratilgan qo’shimcha choralar to’g’risida»gi Qarori bilan «Asaka» Davlat-aktsiyadorlik tijorat bankining 51% aktsiyalarini xorijiy investorlarga sotish yo’li bilan uning xususiylashtirilishi nazarda tutilgan.

«Asaka» Davlat-aktsiyadorlik tijorat bankini xususiylashtirish jarayonini olib borish uchun ma’sul organ - O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qumitasi qoshidagi korxonalarni yakka tartibda xususiylashtirish Burosi (KYaXB).

Davlat tender komissiyasi 08.08.2006 yildagi majlisining 02-8-182-sonli bayonnomasi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisod va TIF masalalari bo’yicha Majmuasining Idoralararo ishchi guruhi zimmasiga O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qumitasi va «Asaka» DATB bilan birgalikda bir oylik muddat ichida xalqaro baholovchi komissiyani jalb etish va komissiya muhokamasiga tegishli takliflarni kiritish masalasini ishlab chiqish yuklatilgan. Mazkur qarorni bajarish maqsadida Davlat tender komissiyasi 26.09.2006 yildagi majlisining 02-8-182-sonli bayonnomasi bilan ««Asaka» DATBning 51% aktsiyalarini baholash uchun baholovchi kompaniysini yanlov asosida tayinlash shartlari» tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qumitasiga aktsiyalarning 51%ga narx belgilovchi xalqaro miqyosda tan olingan baholovchi (auditor) tashkilotini tanlash uchun belgilangan tartibda tanlov e’lon qilish topshirilgan.

Davlat tender komissiyasi 11.05.2007 yildagi majlisining 02-8-1-sonli bayonnomasi bilan aktsiyalarning 51%ga narx belgilovchi xalqaro miqyosda tan olingan baholovchi (auditor) tashkilotini tanlash uchun yangi tanlov e’lon qilingan va tanlov taklifklarini berish muddati 2007 yil 05 iyungacha belgilangan.

Tender savdolari natijalariga ko’ra «BNP Paribas» banki (Fransiya) g’olib deb topilgan va O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qumitasi tomonidan belgilangan tartibda 2007 yilning noyabr oyida u bilan bankni baholash to’g’risida shartnoma tuzilgan.

2008 yilning birinchi yarim yilligida mazkur shartnoma shartlariga muvofiq «Asaka» bank aktsiyalarini narxlash bo’yicha tadbirlar amalga oshirildi. Mazkur jarayon davomida KYaXB va «Asaka» bank tomonidan «BNP Paribas» bankiga belgilangan tartibda barcha kerakli ma’lumot yuborildi, shuningdek, bir qator ishchi uchrashuv va muzokaralar o’tkasildi. Bundan tashqari, «Asaka» bank tomonidan umumiy sarmoyaviy yoqimlilik darajasini oshirishga qaratilgan choralar muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Xususan, uning barcha asosiy moliyaviy ko’rsatkichlari yaxshilandi, bankka «Fitch Rating» reyting agentligi tomonidan mamlakatimizda eng yuqori bo’lgan xalqaro reyting berildi.

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qumitasi tomonidan tasdiqlangan «2008 yilga «Asaka» DATB Ustav kapitaliga xorijiy ishtirokchilar mablag’larini jalb etish Reja-jadvali»ga muvofiq, 2008 yilning may oyida narx belgilash jarayonining yakuniy bosqichi boshlandi.

Hozirgi kunga O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qumitasi qoshidagi korxonalarni yakka tartibda xususiylashtirish Burosi ««Asaka» DATBning 51% aktsiyalarini sotish bo’yicha tender hujjatlarini tayorlashning yakuniy qismini amalga oshirmoqda.

Aytib o’tilgan coralar amalga oshirilgandan so’ng, aktsiyalarni sotish bo’yicha tender e’lon qilinishi rejalashtirilmoqda.

(+998 71) 120-81-11

Bosh ofis
100015, Toshkent sh., Nukus k., 67

Filiallar
Valyutalar kurslari 15.05.2012