Bank haqida ma'lumot

Yuklab olish

Rioya qil yoki tushuntir

“Asaka” aksiyadorlik tijorat bankining 2017 yil korporativ boshqaruv tizimini baholashning natijasiga ko’ra “Comply or explain” (rioya qil yoki tushuntir) xalqaro tamoyili bo’yicha AXBOROTI

 “Korporativ boshqaruv Kodeksi”ning 11-bandida Kodeksning muayyan tavsiyalariga rioya etish imkoni bo’lmagan taqdirda, jamiyat “comply or explain” (rioya qil yoki tushuntir) xalqaro tamoyiliga rioya qilgan holda uning sabablarini to’liq oshkor qilishi belgilangan.
 Ma’lumotlar “comply or explain” (rioya qil yoki tushuntir) xalqaro tamoyiliga rioya qilingan holda, ommaviy axborot vositalarida, Bankning va “Toshkent” RFB rasmiy korporativ veb-saytlarida hamda korporativ ma’lumotlar yagona portalida e’lon qilinishi ko’zda tutilgan. 
    1. “Korporativ boshqaruv Kodeksi”ning 12-band 4-xatboshisida jamiyat aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ijroiya organining mukofot va kompensasiyalari miqdorini oshkor etish belgilangan. 
Bank boshqaruviga mukofot va kompensasiyalar to’lanishi ko’zda tutilmaganligi sababli ushbu ma’lumot Bank saytida e’lon qilinmagan. 
    2. “Korporativ boshqaruv Kodeksi”ning 15-band 8-xatboshisida jamiyat tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yig’ilishlarida o’z vakillariga jamiyat nomidan ovoz berish tartibini belgilash talab etilgan. 
Bank tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning boshqaruv organlari yig’ilishlarida Bank nomidan ovoz berish tartibi belgilanmagan. 
    3. “Korporativ boshqaruv Kodeksi”ning 15-band 9-xatboshisida jamiyat umumiy yig’ilishida ishtirok etuvchi shaxsga shunday shaxs hisobidan o’zi to’ldirgan byulleten nusxasini olish imkonini berish talab qilingan. 
Bank aksiyadorlari umumiy yig’ilishida ishtirok etuvchi aksiyadorga shunday shaxs hisobidan o’zi to’ldirgan byulleten nusxasini olish imkoni Bankning ichki me’yoriy hujjatlarida aks ettirilmagan.