Bank haqida ma'lumot

Yuklab olish

Tarix

18.02.2020

«Asaka» bank mamlakatimiz moliyaviy xizmatlar bozorida qariyb 25 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bank 1995 yilda tashkil etilgan. Aksiyadorlari —  O’zbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi, «Olmaliq TMK» AJ, «Buxoro NQZ» UK, «O’zbekiston temir yo’llаri» DАK va boshqalar.

Kapital va aktivlar hajmi bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida yetakchi banklardan biridir. Hududiy tarmoq O’zbekiston Respublikasi butun hududini qamrab olib, 22 ta filial, shuningdek 19 ta bank xizmatlari markazlari va 6 ta mini bankdan iborat. Moliya bozorida keng hajmda an’anaviy va zamonaviy bank xizmatlari taqdim etuvchi yirik universal moliyaviy-kredit instituti sifatida o’rin egallagan.

«Asaka» bank xizmatlaridan foydalanuvchi xo’jalik yurutuvchi subyektlarning soni — 49,6 ming nafardan ortiq. Ular qatorida mashinasozlik, aniq mashinasozlik va asbobsozlik, metallarga ishlov berish, konchilik, energetika, qurilish majmuasi, paxtani qayta ishlash sanoati, to’qimachilik sanoati, dori-darmon ishlab chiqarish, nashriyot, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo’jaligi, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish, xizmat ko’rsatish kabi iqtisodiyotning boshqa sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar vakillari mavjud. Xizmatlardan foydalanayotgan jismoniy shaxslarning soni 2,0 mln. nafardan ortiq.

Bankning chakana xizmatlaridan muntazam ravishda foydalanuvchilar soni 1,8 million nafardan oshdi.

«Asaka» bank tashqi iqtisodiy hamkorlikning faol ishtirokchisi. Mamlakatimiz iqtisodining strategik sohalarini rivojlantirishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etishga ko’maklashib kelmoqda. 370 dan ziyod yetakchi xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilgan.

Nufuzli xorijiy «Euromoney», «Global Finance» va «The Banker» nashriyotlari tomonidan «O’zbekistonning eng yaxshi banki» unvoniga bir necha bor sazovor bo’ldi.

«Asaka» bank o’zining xalqaro maydondagi maqomiga katta etibor qaratadi. Hususan, bank doimiy tarzda xalqaro reyting agentliklari tomonidan yuqori reyting baholariga sazovor bo’lmoqda.

2020 yil 1 yanvar holatiga ko'ra bankning jami aktivlari 34,7 trln so'mni tashkil etmoqda.