Bank haqida ma'lumot

Yuklab olish

Bank Boshqaruvi Raisi murojaati

Хоnimlar va janoblar, 
Qadrli aksiyadorlar va ishbilarmon hamkorlar!

1995 yilda tashkil etilgan «Asaka» bank ko’p yillar davomida mamlakatimiz moliya xizmatlari bozorida yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. Bank iqtisodiy hayotning keng doiradagi ishtirokchilari bilan yaqindan hamkorlik qilishga intilgan holda, o’z oldiga, mulkchilik shakli va faoliyat ko’lamidan qat’iy nazar, barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarning, shuningdek, aholining barcha ijtimoiy qatlamlarining bank xizmatlari va mahsulotlariga bo’lgan turli talablarini qondirishni o’zining bosh maqsadi deb belgilagan. Bunda asosiy e’tibor, har bir mijozning individual talabidan kelib chiqqan holda, ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatiga qaratilmoqda. «Asaka» bankiga murojaat qilgan har bir mijozga, «Mijoz bank uchun emas, bank mijoz uchun» degan asosiy tamoyilga amal qilgan holda individual yondoshilmoqda. Bu esa bankning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va raqobatbardoshligida, asosiysi, aholining yuksak ishonchini qozonishda eng muhim omillardan biri bo’ldi. «Asaka» bank kapitallashuv darajasi, aktivlar o’sish sur’ati va foydalilik darajasi bo’yicha O’zbekiston banklari orasida yetakchi o’rinni egallaydi.

Hozirgi vaqtda «Asaka» bank faoliyati uzoq muddatli barqaror o’sish va rivojlanishga erishish, investitsion jozibadorlikni oshirish, yuqori likvidlik va barqarorlikni, asosiy ko’rsatkichlarning ildam o’sishini ta’minlash va ularni jahon standartlari talablari darajasiga yetkazishga qaratilgan. Bu esa «Asaka» bankiga yuqori raqobatbardosh, ichki bozor va eksport talablariga mos mahsulotlar ishlab chiqaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan mijozlarga va xorijiy hamkorlarga yuqori sifatli bank xizmatlarini ko’rsatishga imkoniyat yaratdi.

«Asaka» bank doimiy tarzda ko’rsatilayotgan bank xizmatklari turlarini kengaytirish va sifatini yahshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining istiqbolli, rentabel, mahalliy xomashyodan eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo’ljallangan loyihalarini kreditlash hajmini ko’paytirish, iqtisodiyotning yuqori texnologiyalar va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tarmoqlarini qo’llab-quvvatlash, amaldagi ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va yuqori samaradorlikka ega yangi ishlab chiqarishlarni joriy etish bo’yicha loyihalarni moliyalashtirishga intilib kelmoqda. Hozirgi kunda bank aktivlari farmasevtika, yengil, oziq-ovqat va avtomobilsozlik sanoati, qurilish, transport, telekommunikatsiya, neft-gaz va boshqa yetakchi tarmoqlarga investitsiya qilingan.

O’zaro manfaatli hamkorlik, strategik rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda mijozlar istagini e’tiborga olinishiga intilish «Asaka» bankiga yildan yilga barcha asosiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishi va yuqori moliyaviy natijalarga erishishga imkoniyat yaratmoqda. Yetakchi va nufuzli xalqaro reyting agentliklari bo’lmish «Moody’s» va «Fitch Ratings» tomonidan «Аsака» bankning barqarorligi va mustahkamligi bir necha bor tasdiqlandi.

Hayotning ildam sur’atlari O’zbekiston banklari oldiga yangi talablarni qo’ymoqda. Bu esa doimiy ravishda ko’rsatilayotgan bank xizmatlari va mahsulotlari turlarini kengaytirish va sifatini yanada yahshilab borishni talab etadi. Aks holda mamlakat moliya bozoridagi keskin raqobat sharoitida muvaffaqiyatga erishish va egallangan mavqeni saqlab turish mushkul vazifadir. Buni to’liq anglagan holda «Asaka» bank mijozlarga qulay sharoitlar va qo’shimcha qulayliklar yaratish, ko’rsatilayotgan xizmatlarning turlarini kengaytirish, tezkorligini oshirish va sifatini yanada yahshilashga intilmoqda.

Hozirgi kunda «Asaka» bank mamlakatimiz bank bozorida o’z o’rnini, bozor o’zgarishlariga o’z vaqtida javob berishga qodir, bank va moliyaviy institutlar hamda xo’jalik yurituvchi subyektlar bilan o’zaro manfaatli shartlar asosida samarali hamkorlik qilishga tayyor bo’lgan, istiqbolli, jo’shqin rivojlanayotgan va ishonchli bank sifatida ko’rmoqda. 
«Asaka» bank kelgusida barcha istiqbolli yo’nalishlar bo’yicha o’z faoliyatini takomillashtirish bo’yicha ishlarni davom ettiradi, mamlakatimizda tadbirkorlikni, ayniqsa oilaviy biznesni rivojlantirish, ijtimoiy infratizimni va insonlar hayotini yaxshilashga alohida e’tibor qaratadi.

So’zimning yakunida o’z nomimdan va hamkasblarim nomidan bankimizning barcha aksiyadorlariga, ishbilarmon hamkorlari va mijozlariga har tomonlama qo’llab-quvvatlaganliklari va o’zaro manfaatli hamkorliklari uchun hamda «Asaka» bank jamoasiga erishilgan muvaffaqiyatlar uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz bundan buyon ham mijozlarimizga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash, taqdim etilayotgan bank mahsulotlari va xizmatlari turlarini kengaytirish, «Asaka» bankining ichki va tashqi bank bozorlarida moliyaviy barqarorligini ta’minlash va egallab turgan o’rnini mustahkamlash sari sabot bilan olg’a boraveramiz.

Hurmat bilan, 
Boshqaruv Raisi