Bank faoliyati

Yuklab olish

Hayriya faoliyati

«Asaka» bank fuqarolarga ijtimoiy yordam ko’rsatish va himoyalashga, shu jumladan, kam ta’minlangan oilalarning moddiy ahvolini yaxshilashga, yuridik va jismoniy shaxslarga ta’lim, fan, madaniyat, san’at, ma’rifatchilik sohalaridagi faoliyatlari, shaxsning ma’naviy rivojlanishiga qaratilgan xayriya faoliyatini muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda. Shuningdek, bank ommaviy sport va jismoniy tarbiya sohasidagi faoliyatga, jismoniy shaxslarga dori-darmon sotib olishda va davolanishda, jarrohlik amaliyoti bilan bog’liq va undan keyingi davrdagi xarajatlarni qoplashda, hamda nogironlarga yordam berib kelmoqda. 2018 yil davomida bank tomonidan jami bo’lib 19,9 mlrd. so’m miqdorida xayriya yordami ko’rsatildi.