Bank xizmatlari

Yuklab olish

Kommunal va boshqa xizmatlar uchun to'lovlar

22.06.2020

«Asaka» bank  mijozlariga keng doirada xizmatlar ko’rsatadi, shu jumladan aholidan kommunal va boshqa xizmatlar uchun to’lovlarni qabul qilish kabi amaliyotlarni amalga oshiradi. Siz tezkor ravishda kommunal va boshqa xizmatlar bo’yicha to’lovlarini «Asaka» bankning barcha filiallari, bank xizmatlari markazlari va maxsus kassalarida nаqd pul, bank plastik kartochkasi yoki omonat hisobvaraqlari orqali quyidagi xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirishingiz mumkin:

Gaz;
Elektr energiyasi;
Issiq suv ta’minoti va xonadonlarni isitish;
Sovuq suv;
Telefon aloqasi;
Uy-joy mulkdorlari shirkatiga to’lov;
Maishiy chiqitlarni tashish xizmati uchun to’lov;
O’qish bo’yicha shartnomalarga to’lov;
Soliqlar, yig’imlar va bosqa to’lovlar.

Uyingiz yaqinida ixtisoslashgan kassalarning mavjudligi bankka kelmagan holda to’lovni amalga oshirib, transport va boshqa harajatlarni qisqartirish imkoniyatini beradi. «Asaka» bankning ixtisoslashgan kassasi orqali to’lovni amalga oshirib, Siz o’z vaqtingizni tejab qolasiz. Sizga yuqori malakali bank xodimlari tomonidan yuqori sifatli xizmat ko’rsatiladi hamda zaruriyat bo’lganda kerakli maslahat olishingiz mumkin.