Internet-banking

Yuklab olish

Internet-banking

Internet-banking – bankdagi hisob raqamingizni Internet orqali boshqarish imkoniyatini beradigan xizmat. Internet-banking tizimida samarali ishlash uchun Internetga ulangan va Microsoft Internet Explorerga ega komputer bo’lsa yetarli.

Internet-banking imkoniyatlari quyidagilarni bajarishga imkom berishadi:

  • Bankka barcha turdagi moliyaviy hujjatlarni yuborish;
  • Istalgan davr uchun bankdagi hisob raqamlardan ko’chirmalar va ularga tegishli boshqa hujjatlarni olish.
  • Haqiqiy vaqt tartibida to’lov hujjatlari bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatish;
  • Xatolar to’g’risida xabarlarni tezkor olish;
  • Kirim va chiqim to’lov hujjatlarini ko’rish va chop etish.

Internet-banking Bank—Mijoz tizimining takomillashtirilgan turi. Bank—Mijoz tizimining barcha afzalliklarini saqlab qolgan holda Internet-banking bank mijozlari uchun bir qator yangi qulaylik va imkoniyatlarni yaratadi.

Bank va mijoz o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar haqiqiy vaqt tartibida amalga oshiriladi. Siz komputeringiz ekranida to’lov hujjatlari bank ishlovidan o’tishining barcha bosqichlarini kuzatishingiz mumkin.

Hisob raqamingizga tushgan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumot, to’lov bankka tushgan zahoti yangilanadi.

Uzatilayotgan axborot sanktsiyasiz kirishdan xalqaro kriptografiya formatidan foydalangan holda shifrlash yo’li bilan himoyalanadi.

Aloqador taraflar elektron-raqamli imzodan foydalanishadi. Identifikatsiya tizimi amaliyotni bajarayotgan taraflarning haqqoniyligi tasdiqlanishini kafolatlaydi.

Elektron-raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatlar qog’ozda chop etilgan va taraflarning imzolari va muhrlari bilan tasdiqlangan hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega.