Mastercard bilan Creta yutib ol

Xurmatli «Аsaka Bank» mijozlari!

Bosh Komplaens menedjeri sahifasiga hush kelibsiz.

Maʼlumki, bankimizda komplaens nazorat tizimi joriy etilgan boʻlib, bank faoliyatida bajarilayotgan operatsiya va xarakatlarni qonun talablariga, nazorat qiluvchi organlarning qoidalari va standartlariga, bank ichki meʼyoriy xujjatlariga, siyosat va kodekslariga muvofiqligini nazorat qilish hamda mijozni lozim darajada tekshirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, korruptsiya holati va alomatlariga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik talablariga muvofiqligini, bankning ichki meʼyoriy hujjatlari bilan belgilangan tartib va qoidalar, bank faoliyatida korporativ odob-ahloq (etika) kodeksi talablariga rioya etilishini nazorat qilish koʻzda tutilgan.

Bankning Komplaens nazoratini amalga oshirish maqsadida bevosita Bank Kengashiga boʼysunuvchi Komplaens nazorat Departamenti tashkil qilingan.

Tashkil qilingan Komplaens tizimi amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida ish yuritayotgan bank xodimlarining lavozim majburiyatlaridan qatʼiy nazar, rioya qilinishi lozim boʼlgan, noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olishga qaratilgan korporativ madaniyat va qadriyatlarning elementlar toʼplami – Komplaens nazorat Siyosati bilan tartibga solinadi.

Shuningdek, har bir mijoz Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki meʼyoriy hujjatlari, bankning ichki qoidalari, bank va uning xodimlarini odob-ahloq meʼyorlari talablarini buzilganligi faktlari toʻgʻrisida oʻz faoliyatida duch kelgan boʻlsa, mazkur sahifa orqali xabar berish uchun bankning Bosh Komplaens menedjeriga shaxsan murojaat qilish imkoniyatiga ega.







Ommaviy taklif