"ASAKA" Bank filiallari

Viloyati :
ofis:
Kunu-tun ishlovchi aloqa markazi 115224/7
Yuklab olish

"Asaka" bankining ishonch telefoni:

(+99871) 200-55-22

9.00dan:18.00gacha

(13.00-14.00 tushlik)

dushanba-juma

Jizzax viloyat filiali

Murojaat uchun axborot

Manzil: 130100, Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko'chasi, 115 uy
Telefon: 03722264311
Faks: 03722263596

Jizzax viloyat filiali

 

1. Bankning nomi

«Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Jizzax viloyat filiali

2. Funksiyalar, vazifalar, huquqlar va majburiyatlar to’g’risida axborot:

Vazifalar

“Asaka” bank – moliyaviy bozorda Sizning ishonchli hamkoringizdir!

O’zbekiston iqtisodi faol rivojlanishiga va xalqaro iqtisodiy hamdo’stligiga kirishiga ko’maklashish, mijozlarimiz uchun yuqori sifatli bank amaliyoti va xizmatlaridan foydalangan holda bir qator qulayliklar yaratish

O’z vazifalarini bajarish chog’ida “Asaka” bank quyidagi asosiy tamoyil va korporativ madaniyatga rioya qiladi:

Ijtimoiy mas’uliyat

· Sarmoya loyihalarini amalga oshirish, xizmat ko’rsatish va iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini moliyalashtirish yo’li bilan mustaqil O’zbekiston iqtisodining samarali rivojiga ko’maklashish;

· Mamlakatimizning jahon iqtisodiy hamdo’stligiga integratsiyasiga ko’maklashish maqsadida xalqaro moliyaviy institut va xorijiy banklar bilan unumli hamkorlik olib borish.

Pozitsiyalash

· Bozorda o’zini respublika bank tizimi sub’yektlari ichida barqaror yetakchi o’rinni egallayotgan yirik universal kredit-moliyaviy institut sifatida namoyish qilish;

· Hududiy bo’linmalar tarmog’ini samarali rivojlantirish hamda ilg’or texnologiyalardan foydalanish hisobiga butun mamlakat bo’yicha Bankning raqobatchilik imkoniyatlarini mustahkamlash.

Hamkorlik

· Mijoz va kontragentlar bilan oydinlik, oqilona va o’rinli bank tavakkalchilik shartlarida iqtisodiy o’sish va daromad darajasi ortishini ta’minlovchi yakuniy natijaga qaratilgan o’zaro foydali hamkorlik munosabatlari.

Innovatsiyalar

· Bank va axborot texnologiyalari sohasida yangi yutuqlarni muntazam ravishda joriy etish yo’li bilan zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish.

Universallik

· Har bir mijozning ehtiyojlarini tushunish va qoniqtirish, keng omma uchun zarurlik kontseptsiyasini mujassamlash, iqtisodning turli sohasida faoliyat ko’rsatuvchi yirik korxonalardan boshlab, kichik va xusussiy tadbirkorlik sub’yektlarining eng talabchan talablariga javob berish.

· Kattaligi, mulkchilik shakli, hududiy yoki xalqaro joylashishidan qat’iy nazar barcha mijozlar uchun yagona, yuqori sifatli bank xizmatlari standartini ta’minlash.

Ishonchlilik

· Mijoz va hamkorlari oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish,

· qat’iy moliyaviy intizovga rioya qilish hamda tavakkalchilikni malakali boshqarish hisobiga benuqson ishbilarmon obro’sini saqlash

Malaka

· Muvaffaqiyatga erishishga intilgan va umumiy korporativ qadriyatlar bilan birlashgan yuqori malakali va asoslangan jamoani shakllantirish.

3. «Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Jizzaxfiliali rahbariyati to’g’risida axborot:

«Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Jiizax filialini «Аsaka» bank Boshqaruvi tomonidan tayinlangan filial boshqaruvchisi boshqaradi. Filialda bevosita boshqaruvchi o’rinbosarlari va bo’lim boshliqlari hamjihatlikda mijozlar uchun xizmat sifatini oshirish bo’yicha ish olib boradilar.

4. «Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Jizzax viloyat filialining ish tartibi, shu jumladan fuqarolarni qabul qilish tartibi:

«Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Jizzah viloyat filiali boshqaruvchisi va boshqaruvchi o’rinbosarlarinining fuqarolarni hamda «Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari»ni qabul qilish grafigi

Boshqaruvchi: L.A.abdunazarov
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

Boshqaruvchi o`rinbosari: Sh.E.Baymurzayev
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

Boshqaruvchi o`rinbosari: A.X.Sherkulov
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

"Asaka" aksiyadorlik tijorat banki bo'yicha valyuta ayirboshlash shoxobchalarining manzili. 

Shaxobcha raqami: 08013008
Manzili: Jizzax sh., Sh.Rashidov ko`chasi, 115 uy, filial qoshida