"ASAKA" Bank filiallari

Viloyati :
ofis:
Kunu-tun ishlovchi aloqa markazi 1152
Yuklab olish

"Asaka" bankining ishonch telefoni:

(+99871) 200-55-22

9.00dan:18.00gacha

(13.00-14.00 tushlik)

dushanba-juma

Farg'ona viloyat filiali

Murojaat uchun axborot

Manzil: 150117, Fargona shahar, A. Navoiy ko'chasi, 1 uy
Telefon: 03732249064
Faks: 03732449079

1. Bankning nomi

«Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Farg`ona viloyat filiali

2. Funksiyalar, vazifalar, huquqlar va majburiyatlar to’g’risida axborot:

Vazifalar

“Asaka” bank – moliyaviy bozorda Sizning ishonchli hamkoringizdir!

O’zbekiston iqtisodi faol rivojlanishiga va xalqaro iqtisodiy hamdo’stligiga kirishiga ko’maklashish, mijozlarimiz uchun yuqori sifatli bank amaliyoti va xizmatlaridan foydalangan holda bir qator qulayliklar yaratish

O’z vazifalarini bajarich chog’ida “Asaka” bank quyidagi asosiy tamoyil va korporativ madaniyatga rioya qiladi:

Ijtimoiy mas’uliyat

· Sarmoya loyihalarini amalga oshirish, xizmat ko’rsatish va iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini moliyalashtirish yo’li bilan mustaqil O’zbekiston iqtisodining samarali rivojiga ko’maklashish;

· Mamlakatimizning jahon iqtisodiy hamdo’stligiga integratsiyasiga ko’maklashish maqsadida xalqaro moliyaviy institut va xorijiy banklar bilan unumli hamkorlik olib borish.

Pozitsiyalash

· Bozorda o’zini respublika bank tizimi sub’yektlari ichida barqaror yetakchi o’rinni egallayotgan yirik universal kredit-moliyaviy institut sifatida namoyish qilish;

· Hududiy bo’linmalar tarmog’ini samarali rivojlantirish hamda ilg’or texnologiyalardan foydalanish hisobiga butun mamlakat bo’yicha Bankning raqobatchilik imkoniyatlarini mustahkamlash.

Hamkorlik

· Mijoz va kontragentlar bilan oydinlik, oqilona va o’rinli bank tavakkalchilik shartlarida iqtisodiy o’sish va daromad darajasi ortishini ta’minlovchi yakuniy natijaga qaratilgan o’zaro foydali hamkorlik munosabatlari.

Innovatsiyalar

· Bank va axborot texnologiyalari sohasida yangi yutuqlarni muntazam ravishda joriy etish yo’li bilan zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish.

Universallik

· Har bir mijozning ehtiyojlarini tushunish va qoniqtirish, keng omma uchun zarurlik kontseptsiyasini mujassamlash, iqtisodning turli sohasida faoliyat ko’rsatuvchi yirik korxonalardan boshlab, kichik va xusussiy tadbirkorlik sub’yektlarining eng talabchan talablariga javob berish.

· Kattaligi, mulkchilik shakli, hududiy yoki xalqaro joylashishidan qat’iy nazar barcha mijozlar uchun yagona, yuqori sifatli bank xizmatlari standartini ta’minlash.

Ishonchlilik

· Mijoz va hamkorlari oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish, qat’iy moliyaviy intizovga rioya qilish hamda tavakkalchilikni malakali boshqarish hisobiga benuqson ishbilarmon obro’sini saqlash

Malaka

· Muvaffaqiyatga erishishga intilgan va umumiy korporativ qadriyatlar bilan birlashgan yuqori malakali va asoslangan jamoani shakllantirish.

3. «Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki  Farg`ona viloyat filiali rahbariyati to’g’risida axborot:

«Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Farg`ona viloyat filialini «Аsaka» bank Boshqaruvi tomonidan tayinlangan filial boshqaruvchisi boshqaradi. Filialda bevosita boshqaruvchi o’rinbosarlari va bo’lim boshliqlari hamjihatlikda mijozlar uchun xizmat sifatini oshirish bo’yicha ish olib boradilar.

4. «Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Farg`onaviloyatfilialining ish tartibi, shu jumladan fuqarolarni qabul qilish tartibi:

«Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki (ochiq aksiyadorlik jamiyati) Farg`ona viloyat filiali boshqaruvchi  va boshqaruvchi o’rinbosarlarinining fuqarolarni hamda «Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari»ni qabul qilish grafigi

Boshqaruvchi: M.M.Mirzabayev 
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

Boshqaruvchi o`rinbosari: E.S.Maqsudov
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

Boshqaruvchi o`rinbosari: X.S.Mavlonov
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

"Asaka" aksiyadorlik tijorat banki bo'yicha valyuta ayirboshlash shoxobchalarining manzili:

Shaxobcha raqami: 30013003
Manzili: Farg`ona shahri, A.Navoiy ko`chasi, 1, filial qoshida