"ASAKA" Bank filiallari

Viloyati :
ofis:
Kunu-tun ishlovchi aloqa markazi 115224/7
Yuklab olish

"Asaka" bankining ishonch telefoni:

(+99871) 200-55-22

9.00dan:18.00gacha

(13.00-14.00 tushlik)

dushanba-juma

Toshkent shahar filiali

Murojaat uchun axborot

Manzil: 100025, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, A. Qahhor ko'chasi, 73 uy
Telefon: 998781208300
Faks: 998781208302

1. Bank filialinomi

«Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Toshkent Shahar filiali

2. Funksiyalar, vazifalar, huquqlar, majburiyatlarto’g’risidaaxborot:

Vazifalar

“Asaka” bank – moliya bozorida Sizning ishonchli hamkoringiz!

O’zbekiston iqtisodi faol rivojlanishiga va xalqaro iqtisodiy hamdo’stligiga kirishiga ko’maklashish, mijozlarimiz uchun yuqori sifatli bank amaliyoti va xizmatlaridan foydalangan holda qator qulayliklar yaratish

O’z vazifalarini bajarish chog’ida “Asaka” bank quyidagi asosiy tamoyil va korporativ madaniyatga rioya qiladi:

Ijtimoiy mas’uliyat

Sarmoya loyihalarini amalga oshirish, xizmat ko’rsatish va iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini moliyalashtirish yo’li bilan mustaqil O’zbekiston iqtisodining samarali rivojiga ko’maklashish;

Mamlakatimizning jahon iqtisodiy hamdo’stligiga integratsiyasiga ko’maklashish maqsadida xalqaro moliyaviy institut va xorijiy banklar bilan unumli hamkorlik olib borish.

Pozitsiyalash

Bozorda o’zini respublika bank tizimi sub’yektlari ichida barqaror yetakchi o’rinni egallayotgan yirik universal kredit-moliyaviy institut sifatida namoyish qilish;

Hududiy bo’linmalar tarmog’ini samarali rivojlantirish hamda ilg’or texnologiyalardan foydalanish hisobiga butun mamlakat bo’yicha Bankning raqobatchilik imkoniyatlarini mustahkamlash.

Hamkorlik

Mijoz va kontr agentlar bilan oydinlik, oqilona va o’rinli bank tavakkalchilik shartlarida iqtisodiy o’sish va daromad darajasi ortishini ta’minlovchi yakuniy natijaga qaratilgan o’zaro foydali hamkorlik munosabatlari.

Innovatsiyalar

Bank va axborot texnologiyalari sohasida yangi yutuqlarni muntazam ravishda joriy etish yo’li bilan zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish.

Universallik

Har bir mijozning ehtiyojlarini tushunish va qoniqtirish, keng omma uchun zarurlik kontseptsiyasini mujassamlash, iqtisodning turli sohasida faoliyat ko’rsatuvchi yirik korxonalardan boshlab, kichik va xusussiy tadbirkorlik sub’yektlarining eng talabchan talablariga javob berish.

Kattaligi, mulkchilik shakli, hududiy yoki xalqaro joylashishidan qat’iy nazar barcha mijozlar uchun yagona, yuqori sifatli bank xizmatlari standartini ta’minlash.

Ishonchlilik

Mijoz va hamkorlari oldidagi majburiyatlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish, qat’iy moliyaviy intizomga rioya qilish hamda tavakkalchilikni malakali boshqarish hisobiga benuqson ishbilarmon obro’sini saqlash

Malaka

Muvaffaqiyatga erishishga intilgan va umumiy korporativ qadriyatlar bilan birlashgan yuqori malakali va asoslangan jamoani shakllantirish.

3. Davlat hokimiyati va boshqaruv organi rahbariyati to’g’risida axborot:

«Аsaka» bank Toshkent shahar filialini «Аsaka» bank boshqaruvi tomonidan tayinlangan filial boshqaruvchisi boshqaradi. Filialda bevosita boshqaruvchi o’rinbosari hamjihatlikda mijozlar uchun xizmat sifatini oshirish bo’yicha ish olib boradilar.

4. Davlat hokimiyati va boshqaruv organining ish tartibi, shujumladan fuqarolarni qabul qilish tartibi:

 

Fuqarolarni qabul qilish grafigi

«Аsaka» aksiyadorlik tijorat banki Toshkent shahar filiali boshqaruvchi va boshqaruvchi o’rinbosarlarinining fuqarolarni hamda «Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari»ni qabul qilish grafigi

Boshqaruvchi: К.M.Muhammadxojayev 
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

Boshqaruvchi o`rinbosari: A.Xamidullayev
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

Boshqaruvchi o`rinbosari:Sh.Y.Begaliyev
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

Boshqaruvchi o`rinbosari:M.M.Sagdiyev
Qabul vaqti: dushanba-juma 09:00dan 16:00gacha

"Asaka" aksiyadorlik tijorat banki bo'yicha valyuta ayirboshlash shoxobchalarining manzili. 

Shaxobcha raqami: 26013278
Manzili: Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko`chasi,73, filial qoshida

Shaxobcha raqami: 26013283
Manzili: Toshkent sh.,Miribod tumani. Nukus ko`chasi 67, "Asaka" bank Bosh ofisi binosida