Hamkorlik

Yuklab olish

JAHON BANKI BILAN HAMKORLIK

1-kredit liniya:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25 iyul 2011 yildagi “Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi bo’yicha choralar” to’g’risidagi №211 qaroriga muvofiq, 9 dekabr 2011 yilda “Asaka” bank tomonidan XTUning   8 mln AQSh dollari miqdoridagi vositalarini qayta kreditlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot Vazirliklari bilan Kelishuv imzolandi. 

Ushbu liniya doirasida “Asaka” bank tomonidan AJ “O’ztransgaz”, Oziq ovqat sanoati uyushmasi, AJ “O’zpaxtasanoat” va AJ “O’zmetkombinat”  kabi mijozlarning 10,6 mln AQSh dollari miqdoridagi 11ta loyihalari XTUning 8 mln AQSh dollari miqdoridagi vositalarini jalb qilish orqali moliyalashtirilgan.

   

2-kredit liniya:

2013 yil 28 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2013yildagi “Xalqaro Taraqqiyot Uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi bo’yicha choralar” to’g’risidagi №168 qaroriga muvofiq “Asaka” bank tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot Vazirliklari bilan qayta kreditlash to’g’risidagi Kelishuvni imzolash orqali XTUning 33 mln AQSh dollari miqdoridagi qo’shimcha moliyalashtirishni jalb qilish bo’yicha ishlar amalga oshirildi. 

O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligi taqdimotiga ko’ra “Asaka” bank tomonidan dastlabki qiymati 43,55 mln AQSh dollari bo’lgan 13ta loyiha tanlanib XTUning umumiy miqdori 33,72 mln AQSh dollari bo’lgan mablag’larini jalb qilish orqali moliyalashtirish Jaxon Banki tomonidan ma’qullandi. AJ “O’zbekenergo” (gaz izolyatsiya qiluvchi o’chirib yoqgichlar), AJ “O’zneftgazqazibchiqrish” (chastota konvertori, mikroturbin elektrostansiyalar), AJ “O’ztransgaz” (OSR texnologiyasi bo’yicha elektroenergiya ishlab chiqaruvchi issiqlik uztish uskunasi), AJ “O’zpaxtasanoat” (gidravlik presslar) va Navoiy TMK (ekskavatorlardagi elektrodvigatellarni almashtirish) uchun energiya tejovchi uskunularni sotib olish rejalashtirilmoqda.