KREDIT MAHSULOTLARI

Yuklab olish

Ko'p qavatli uy-joylarni qurilishini moliyalashtirish

07.11.2020

Bank tomonidan kreditlar pudrat qurilish tashkilotlariga qaytarishlik, to'lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va ulardan maqsadli foydalanish shartlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan loyihalar (shu jumladan namunaviy loyihalar) bo'yicha, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda ko'p kvartirali uylarni qurish yoki rekonstruktsiya qilish (shu jumladan foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan) uchun ajratiladi. Pudrat qurilish tashkiloti ko'p qavatli turar-joy binolarini qurish (rekonstruktsiya qilish) uchun pudrat qurilish tashkilotlari faoliyatini baholash bo'yicha Yagona elektron ma'lumotlar bazasiga (mazkur talab ushbu Yagona elektron ma'lumot rasmiy ravishda joriy etilgandan so'ng talab qilanadi) kiritilgan va quyidagi talablarga javob beradigan va ko'rsatkichlarga ega bo'lgan bo'lishi lozim:

  • qurilayotgan (rekonstruktsiya qilinayotgan) ko'p kvartirali uy qiymatining 30 foizidan (shundan kamida 15 foizi miqdorida moliyaviy mablag'larga ega bo'lish sharti bilan) kam bo'lmagan miqdordagi o'z mablag'lariga ega bo'lishi;
  • qurilish-pudrat ishlarining turi va yo'nalishi bo'yicha ixtisoslashganligi, qurilish montaj ishlarining tarkibi va xususiyatiga muvofiq mutaxassislik diplomi va malaka sertifikatiga ega bo'lgan doimiy mutaxassis-quruvchilari va ishchilari bilan ta'minlanganligi;
  • o'zining ishlab chiqarish bazasi, qurilish texnikasi, mashina va mexanizmlari, shuningdek kichik mexanizatsiya vositalari mavjudligi;
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-2137 sonli qarori bilan ma'qullangan namunaviy tuzilmalarning joriy etilganligi;
  • qonunchilikda belgilangan malaka talablarini bajarishi lozim.
Kredit ajratishning asosiy shartlari:
  • Kreditdan muddati - qurilish yoki rekonstruktsiya qilish ishlarini amalga oshirish muddatlaridan kelib chiqqan holda, ammo 2 yildan ko'p bo'lmagan muddatga beriladi.
  • Kredit foiz stavkasi - Bankning o'z mablag'lari hisobidan beriladigan kreditlar bo'yicha muddat va kreditdan foydalanganlik uchun foiz stavkasi Bank va qarz oluvchi o'rtasida tuzilgan shartnoma bo'yicha Bankning amaldagi Kredit siyosatiga hamda Aktiv va Passivlarni boshqarish Qo'mitasining qaroriga muvofiq belgilanadi.

Kredit ta'minoti turlari:

 
- ko'chmas va ko'char mulk garovi;
- bank yoki sug'urta tashkiloti kafolati;
- uchinchi shaxs kafilligi;
- kreditni qaytarilmaslik xatarining sug'urtasi;
- Pudrat qurilish tashkiloti tomonidan qurilayotgan yoki rekonstruktsiya qilinayotgan ko'p kvartirali uydagi uy-joy (kvartiralar hisobidan) kelajakda sotilishidan tushadigan mablag'lar garovi.
 
Zarar ko'rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo'lgan, qurilish xatarlarini sug'urtalash bo'yicha sug'urta to'lovlarini to'liq hajmda to'lamagan pudrat qurilish tashkilotlariga, shuningdek, ulardan foydalanishga topshirish muddatlari kechiktirilgan, qurilishi tugallanmagan kreditlanadigan ob'ektlar yoki ilgari berilgan kreditlar bo'yicha muddatida to'lanmagan qarz yoki boshqa moliyaviy majburiyatlar mavjud bo'lganida kreditlar berilmaydi.