KREDIT MAHSULOTLARI

Yuklab olish

TADBIRKORLIK SUB'EKTLARINING JORIY FAOLIYATINI QO'LLAB-QUVVATLASH UCHUN "KONTOKORRENT KREDITLAR"

13.11.2020

“Asakabank tizimida xizmat ko'rsatilayotgan yoki boshqa bankda xizmat ko'rsatiluvchi tadbirkorlik sub'ektlarining joriy faoliyatnini qo'llab-quvvatlash uchun “Kontokorrent kreditlar”.

KREDIT XAQIDA

Kreditlar “Asaka” bank tizimida xizmat ko'rsatilayotgan yoki boshqa bankda xizmat ko'rsatiluvchi tadbirkorlik sub'ektlarining joriy faoliyatnini qo'llab-quvvatlash uchun “kontokorrent” xisob raqam bo'yicha ajratiladi. buning uchun, mijoz bankning “asaka-biznes” mobil ilovasi, yoki korporativ internet banking tizimiga o'langan bo'lishi kerak.

SHARTLARI VA TALABLARI

- kreditning eng kam miqdori – 50,0 mln.so'm;

- kredit muddati – 12 oygacha;

- foiz stavkasi – 20%

KREDIT MAQSADI

Kreditlar tadbirkorlik sub'ektlarining joriy faoliyatnini qo'llab-quvvatlash uchun ajratiladi.

KREDIT SHARTLARI

- qarz oluvchining oxirgi 12 oy davomida hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag'larining 50 foiz miqdoridan oshmagan miqdorda beriladi, bunda kreditning eng kam miqdori – 50,0 mln.so'm tashqil qiladi.

-12 oy muddatgacha ochiq turdagi revolver kredit liniyalari o'rnatish asosida amalga oshiriladi.

- imtiyozli davr – 10 oygacha belgilanadi

QARZ OLUVCHILARGA TALABLARI:

- kreditlar bo'yicha muddati o'tgan va kartoteka-2 bo'yicha qarzdorliklari mavjud bo'lmasligi;

- o'tgan yil va oxirigi hisobot davri uchun taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarda korxona zarar ko'rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega yoki kreditga layoqatlilik darajasi 3 sinfdan past bo'lmasligi lozim;

- qarz oluvchining kredit tarixi kredit-axborot tahliliy markazining skoring tahliliga asosan muddati o'tgan qarzdorliklarni qaytarish muddati 2 martadan ortiq 30 kundan kechiktirilgan va sud jarayonidagi kreditlari (kredit tarixida ham) mavjud bo'lmasligi.