Kreditlar

Yuklab olish

Avtokredit

06.11.2020

 

 Avtokreditlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
• Kredit muddati — muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga;
• Kredit summasi — Avtotransport vositasining 100% miqdorida;
• Boshlang‘ich to‘lov – avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda;
• Asosiy qarzni qaytarish tartibi — 3 oylik imtiyozli davr tugagandan so‘ng, har oy teng ulushlarda;
• Foiz stavkasi:
- 23% yillik – avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan;
• Kreditning garov ta’minoti:
- kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi garovi;
- uchinchi shaxs kafilligi;
- avtomashina yetkazib berilib belgilangan tartibda garovga taqdim etilgunga qadar sug‘urta kompaniyasining kredit qaytmasligi hatari sug‘urta polisi;
• Zarur hujjatlar:
- arizachi hamda kafil shaxsning pasporti;
- arizachi hamda kafil shaxsning oxirgi 6 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Daromadlar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qarz oluvchi va kafilning xohishiga koʼra АT “Xalq” bankining jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi maʼlumotlar bazasidan Jismoniy shaxslar kreditlari bilan ishlash boʼlimi/sektori xodimi tomonidan shakllantirilishi mumkin.;
- avtotransport vositasini sotib olish uchun shartnoma