Kreditlar

Yuklab olish

Ipoteka krediti

20.05.2020

    Davlat ko’magi ostidagi imtiyozli ipoteka kreditlari

Ushbu imtiyozli ipoteka "Uzshahar qurilish invest" IK MChJ ishtirokida shaharlarda va "Qishloq qurilish invest" IK MChJ ishtirokida qishloq joylarda barpo etiladigan uylardagi kvartiralarni (uy-joylar) sotib olish uchun tadbiq etiladi.

  • Kredit summasi – kvartiraning joylashgan qavatiga qarab, lekin oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan miqdorning 90% dan oshmasligi kerak;
  • *Foiz stavkasi: - yillik 7% dan;

*dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;

  • **Boshlang`ich to'lov - 10%dan;

      ** -  4 qavatli ko'p kvartirali (2 va 3 xonali) turar-joy binolari uchun - 10%;

          - ayrim toifadagi fuqarolar uchun qurilayotgan 5 qavatli arzon ko'p qavatli (2 va 3 xonali) uylar uchun - 25%;

  • Kredit muddati - 20 yilgacha;
  • Imtiyozli davri - 1 yil.

 

Bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari

Ushbu ipoteka kreditlari shaharlar va qishloq joylarda xususiy pudratchilar tomonidan qurilayotgan (barpo etiladigan) uylardagi kvartiralarni (uy-joylar) sotib olish uchun tadbiq etiladi.

  • Kredit summasi – uy-joy qiymatining (uy-joyning hisoblangan qiymati) 90 %dan oshmaydigan miqdorda;

* Uy-joyning hisoblangan qiymati har yili Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’alnikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda kvartira 1 kvadrat metrining tegishli hududdagi o'rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan  holda belgilanadi.

  • Foiz stavkasi - bozor tamoyillari asosida;
  • ** Boshlang`ich to'lov - 10% dan;
** - qishloq  joylarida – kavrtira qiymatining 10%dan kam bo’lmagan miqdorda;
** - shaharlarda  – kavrtira qiymatining  20 %dan kam bo’lmagan miqdordа
  •  Kredit muddati - 20 yilgacha;
  • Asosiy summani to'lash usuli - annuitet;

Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020 yil 1 maydagi PQ-4701-sonli qarori asosida:

  • 2020 yilning 1 mayidan 2022 yilning 1 yanvariga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berildi;
  • Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratilgan ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari:

Qishloq va shaharlarda:

  • ikki xonali kvartiralar uchun - 240 mln.so'mgacha;
  • uch yoki undan ko’p  xonali kvartiralar   uchun - 320 mln. so'mgacha;

Toshkent shahrida:

  • ikki xonali kvartiralar uchun - 264 mln. so'mgacha;
  • uch yoki undan ko’p xonali kvartiralar uchun - 352 mln.so'mgacha o’rnatildi.