Kreditlar

Yuklab olish

"Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar tog`risida"gi PF-5886-sonli Farmoniga asosan Ipoteka kreditlari

04.03.2020

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-sonli Farmoniga muvofiq, aholiga birlamchi uy-joy bozorida koʻp kvartirali uylardagi 2 va undan koʻp xonali kvartirani sotib olish uchun bozor tamoyillari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining mablagʻlari hisobidan ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyilgan.

POTENTSIAL QARZ OLUVChILAR QUYIDAGI TALABLARGA JAVOB BERIShI LOZIM:
a) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 50 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
b) qarz yuki koʻrsatkichi - 70 foizdan yuqori boʻlmagan; 
v) kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan;

KREDIT AJRATIShNING ASOSIY ShARTLARI:
Kredit muddati – imtiyozli davrsiz,
15 yilgacha;
Kredit foizi – bozor shartlari asosida belgilangan foiz stavkasida;
Kreditni qaytarish usuli – annuitet usulida (har oy teng miqdorlarda);
Bunda, ayrim shaxslarga, shu jumladan kam taʼminlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshi-lashga muhtoj boʻlganlarga ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar toʻlanadi.

TAQDIM ETILADIGAN KREDIT HUJJATLARI:
Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) pasporti asl nusxasi (bank tomonidan nusxa olinadi);
uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish toʻgʻrisida xabarnoma (agar xabarnoma mavjud boʻlsa);
pudrat tashkiloti bilan tuzilgan uy-joy sotib olish boʻyicha shartnoma;
qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlagan taqdirda–ishlangan davr uchun) olgan daromadlari  toʻgʻrisidagi  maʼlumotnomalari.
IPOTEKA KREDITLARI AJRATISh QUYIDAGI BOSQIChLARDA AMALGA OShIRILADI:
1 - bosqich. Fuqaroning toʻlov qobiliyatidan kelib chiqib, oʻz tanlovi asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan shartnoma imzolaydi.
2 - bosqich. Kam taʼminlangan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali subsidiya olish (boshlangʻich badal va foiz toʻlovlariga) uchun arizalarni taqdim etadi.
3 - bosqich. Talabgor fuqarolar tomonidan boshlangʻich badal shakllantiriladi (qishloq joylarda quriladigan uy-joydagi kvartira-ning 10 foizi va shahar joylarda quriladigan uy-joydagi kvartiraning 20 foizi miqdorida).
4 - bosqich. Pudrat qurilish tashkiloti tomo-nidan koʻp kvartirali uy-joylar quriladi va foydalanishga topshiriladi.
5 - bosqich. Kredit hujjatlari hamda subsidiya xabarnomasi (agar xabarnoma mavjud boʻlsa) ilova etilgan holda ipoteka krediti olish uchun bankka ariza beriladi.
6 - bosqich. Bank tomonidan ariza qanoatlan-tirilgan taqdirda (kreditga layoqatliligini inobatga olgan holda), kvartiralarning oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi va ipoteka kreditlari ajratiladi.
AGAR SUBSIDIYA XABARNOMASI MAVJUD BOʻLSA:
1 - bosqich. Bank hududiy gʻaznachilik boʻlimla-riga ipoteka kreditini soʻndirish jadvalini ilova qilgan holda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni toʻlashga buyurtma nomalarni taqdim etadi.
2 - bosqich. Hududiy gʻaznachilik boʻlimlari tomonidan birinchi 5 yil davomida foiz toʻlovining bir qismini qoplab berish maqsadida subsidiya mablagʻlari bankka oʻtkazib beriladi.

QARZ OLUVChI KREDIT OLISh JARAYONIDA QUYIDAGI XARAJATLARNI AMALGA OShIRADI:
notarial tartibda oldi-sotdi xarajatlar;
kvartiraning kadastr hujjatlarini tayyerlash va sugʻurta qilish boʻyicha xarajatlar;
AHOLI UChUN YARATILGAN QULAYLIKLAR:
fuqaro qurilgan uy-joydagi kvartiralardan oʻziga maqbul boʻlganini tanlab, pudrat tashkiloti bilan shartnoma tuzadi;
kam taʼminlangan va uy-joyga muhtoj boʻlgan fuqarolarga dastlabki badalning bir qismini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarini viloyat shaharlarida 10 foizini, Toshkent shahrida 12 foizdan ortgan qismi Davlat byudjeti tomonidan qoplab beriladi.