Kreditlar

Yuklab olish

Iste’mol krediti

Aholiga iste’mol kreditlari ajratishning asosiy shartlari:

1. Kredit miqdori — eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha; 

2. Kreditning maqsadi — mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar (xizmat)lar xaridi uchun ajratiladi, jumladan:

  • Uy jihozlari, yumshoq va boshqa mebellar;
  • Kompyuter, radio va tele-aparaturalar;
  • To’y va yubiley marosimlarini o’tkazishga;
  • O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobillarni ta’mirlashga;
  • Mamlakatimizda joylashgan turli dam olish maskanlariga yo’llanmalar olishga.
  • O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sohasida faoliyat ko'rsatish bo'yicha litsenziyaga ega bo'lgan sub'ektlardan O'zbekiston Respublikasi bo'ylab sayyohlik turlarini sotib olish
  • Kredit mablag’i- ishlab chiqaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi yoki uni sotuvchi tashkilotning bankdagi hisob varag’iga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

3. Kreditning muddati 3 yilgacha;

4. Kredit ustama foizi - yillik 28 foiz miqdorida, O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sayyohlik turlarini sotib olish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi doirasida o'rnatiladi;   

   b) Kredit ta’minoti — 3-shaxs kafilligi yoki mulk garovi.

5. Kredit olish uchun qarz oluvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • pasport, muddatli xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmatchining harbiy bileti yoki guvohnomasi;
  • Ish joyidan oxirgi yil uchun ish haqi ko'rsatilgan ma'lumotnoma (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – amal qilish muddati kredit muddatidan kam bo'lmagan guvohnoma),  yoki o'zga daromad turini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • Savdo tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (hisob-shartnoma);