Kreditlar

Yuklab olish

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI MIKROKREDITLASH

Mikrokreditdan foydalanishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

1. Mikrokredit miqdori — amaldagi eng kam oylik ish haqining 1 000 baravarigacha;

2. Kreditlash maqsadi — tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va kengaytirish jumladan:

  • Aylanma mablag’larini to’ldirish;
  • Chorvachilikni rivojlantirish;
  • Parrandachilikni rivojlantirish;
  • Qishloq xo’jalik texnikalarini sotib olish;
  • Xizmat ko’rsatish va servis sohalarini rivojlantirish va boshqa maqsadlar.

3. Kreditlash muddati — 3 yilgacha;

4. Kredit foiz stavkasi miqdori —  O'zR Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasi va undan yuqori;

5. Ajratilgan kredit mablag’i milliy valyutada taqdim etiladi;

6. Mijozning loyihadagi ishtiroki kredit miqdorining 25% idan kam bo’lmagan qismini tashkil qilishi lozim.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 18 maydagi «Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3878-sonli Farmoniga muvofiq, «Asaka» bank tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar ajratiladi.