Kreditlar

Yuklab olish

Mikroqarz

06.11.2020

     

 1. Mikroqarzlar doimiy ish joyiga ega bo’lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga taqdim etiladi.

- Jismoniy shaxslarga:

- 12 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 21%;

- 24 oygacha bo’lgan muddatga - yillik 23%;

2. Mikroqarz miqdori – Ariza beruvchining to’lov qobiliyatidan kelib chiqqan xolda - 50 000 000,00 so`mgacha;

3. Naqd pul shaklida beriladigan mikroqarz bo‘yicha, 1% miqdorida bank komissiya undiriladi.

4. Ariza beruvchi va Kafil shaxsning mikroqarz olish uchun bankga taqdim etadigan hujjatlari:

- pasport;

- qarz oluvchi va kafilning asosiy ish joyidan oxirgi 6 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, yoki o'zga daromad turini tasdiqlovchi hujjat. Daromadlar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qarz oluvchi va kafilning xohishiga koʼra АT “Xalq” bankining jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi maʼlumotlar bazasidan Jismoniy shaxslar kreditlari bilan ishlash boʼlimi/sektori xodimi tomonidan shakllantirilishi mumkin.

5. Kredit ta’minoti – uchinchi shaxsning kafilligi va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlanadi.

Quyidagi mijozlarga 10,0 mln soʼmgacha mikroqarz taʼminotsiz ajratilishi mumkin:
•    Oylik ish haqi loyihasi doirasida “Аsaka” bank mijozi hisoblanishi (bank xodimlari bundan mustasno);
•    “Аsaka” bankdan ilgari kamida 3 ta kredit rasmiylashtirilgan va ushbu kreditlar soʼndirilgan boʼlishi hamda ijobiy kredit tarixiga ega boʼlishi (bunda mijozning kredit tarixida keyingi oyga oʼtgan muddati oʼtgan qarzdorlik toʼlovlari mavjud boʼlmasligi lozim).
•    Daromadlar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qarz oluvchi va kafilning xohishiga koʼra АT “Xalq” bankining jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi maʼlumotlar bazasidan Jismoniy shaxslar kreditlari bilan ishlash boʼlimi/sektori xodimi tomonidan shakllantirilishi mumkin.