Kreditlar

Yuklab olish

OTB KREDIT LINIYASI ISHTIROKIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISH

Osiyo taraqqiyot banki kredit liniyasi

«Kichik va mikro moliyalashtirishni rivojlantirish» loyihasi

OTB kredit liniyasi mablag’laridan foydalanishning asosiy shartlari quyidagilar:

1. Kredit liniya miqdori — 10,0 ming AQSH dollarining milliy valyutadagi ekvivalentigacha;

2. Kreditlash maqsadi — tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish;

3. Kredit muddati — 3 yilgacha;

4. Kredit foiz stavkasi miqdori — Banklararo depozitlarning 6 oylik o’rtacha tortilgan foiz stavkasi (UZIBOR) hamda «Asaka» bank marjasi;

5. Mijozning loyihadagi ishtiroki kredit miqdorining 25%idan kam bo’lmagan qismini tashkil qilishi lozim;

OTB kredit liniyasi mablag’lari ishtirokida 40 ming AQSH dollarning milliy valyutadagi ekvivalentiigacha bo’lgan miqdorda, qisqa muddatli kredit ajratilishi mumkin.

OTB kredit liniyasi mablag’laridan foydalanishning afzalligi — kredit liniya mablag’lari xisobidan xarid qilingan tovarlar, ishlar (xizmatlar) qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) to’lashdan ozod qilinadi.