E'lonlar

Yuklab olish

Аsaka bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari  umumiy yig'ilishi

«Аsaka» bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari
 umumiy yigʼilishi
 
«Аsaka» bank (pochta manzili: 100015, Toshkent shahri, Nukus koʼchasi 67, Elektron pochta manzili - office@asakabank.uz) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi toʼgʼrisida maʼlum qiladi. Аksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi 2020 yil 20 noyabr kuni soat 15:00 da «Аsaka» bankning bosh ofisi binosida boʼlib oʼtadi. Manzil: Toshkent sh. Nukus koʼchasi, 67-uy.
Kun tartibi:
1. “Аsaka” bank ustaviga oʼzgartirish va qoʼshimchalarni tasdiqlash;

Аksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi toʼgʼrisida bank aksiyadorlariga xabar berish uchun tuziladigan reestr 
sanasi – 2020 yil 22 oktyabr. 
Аksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishida qatnashuvchi bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2020 yil 16 noyabr.
«Аsaka» bank aktsiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi kun tartibidagi materiallar bilan, 100015, Toshkent shahri, Nukus koʼchasi 67 uyda joylashgan «Аsaka» bankning bosh ofisi binosida tanishish mumkin: Tel. (78) 147-65-65 (11-32), Korporativ munosabatlar xizmati.

«Аsaka» bank Kengashi