E'lonlar

Yuklab olish

«Asaka» bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o'tkazilishi to'g’risida axborot

«Asaka» Bank (pochta manzili: 100015, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Nukus ko'chasi – 67-uy).

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o'tkazilishi to'g’risida ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi 2019 yilning 12 sentyabr kuni soat 15-00da «Asaka» Bankning Bosh ofisida o'tkaziladi.

Manzil: Toshkent sh., Nukus ko'chasi – 67-uy.

Kun tartibi:

  1.  Davlat ulushi bo’lgan korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoydalariga rioya e’tish va Davlat ulushi bo’lgan korxonalar uchun korporativ boshqaruv qoidalariga rioya e’tish to’g’risidagi e’lon shaklini tasdiqlash.
  2. “«Asaka» Bank xodimlari mehnatiga haq to’lash va ularni moddiy rag’batlantirish to’g’risidagi nizom”ga 3-sonli qo’shimchalar va o’zgartirishlarni tasdiqlash.
  3. «Asaka» Bank yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
  4. 2019 yilda Bankni auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to’lanadigan eng ko`p haq miqdorini belgilash.
  5. Bankning afillangan shahslari bilan bitim va kelishuvlarni ma’qullash.
  6. “Asaka” bankning ustav kapitalini kamaytirish.
  7. «Asaka» Bank ustaviga kiritilayotgan o’zgartirishlar va qo’shimchalarni tasdiqlash.
  8. “Asaka” bankining avval ro’yhatga olingan aksiyalar chiqariluvlariga o’zgartirishlar kiritish.
  9. “Suvsoz” DUK nol qiymatida berilgan bankrot korhona sobiq “biorganik” MChJ mulkini balans qiymatini hisobdan chiqarish.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazilishi to’g’risida xabar berish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi – 2019 yil 21 avgust.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun aksiyadorlarning reestrini tuzish sanasi – 2019 yil 7 sentyabr.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo’yicha ma’lumotlar bilan «Asaka» Bank Bosh Ofisida  tanishish mumkin. Manzil: 100015, Toshkent sh., Nukus ko'chasi – 67-uy, tel. (78) 120-82-67, (78) 120-82-26.

«Asaka» Bank Kengashi