E'lonlar

Yuklab olish

"Asaka" bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 

"Asaka" bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 

Asaka bank (pochta manzili: 100015, Toshkent shahri, Nukus ko'chasi 67 ,

elektron pochta manzili - ofis@asakabank.uz) Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi to’g’risida ma’lum qiladi

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2020 yil 4 sentyabr kuni soat 10:00 da "Asaka" bankning Bosh ofisi binosida bo'lib o'tadi.

Manzil: Toshkent sh. Nukus ko’chasi, 67-uy.

 Kun tartibi:

1. 2019 yil yakunlari bo’yicha dividendlarni taqsimlash

2. Bank Kengashi tomonidan Innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash fondiga  o'tkazish uchun tavsiya etilgan bank daromadining qolgan 5 foizini taqsimlash

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi to’g’risida bank aksiyadorlariga xabar berish uchun tuziladigan reestr sanasi - 2020 yil 7 avgust.

Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishida qatnashuvchi bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi - 2020 yil 28 avgust.

Asaka bank Aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kun tartibidagi masalalarga oid materiallar bilan, 100015, Toshkent shahri, Nukus ko'chasi 67 uyda joylashgan Asaka bankning bosh ofisi binosida tanishish mumkin: Tel. (91) 163-66-33, Korporativ munosabatlar xizmati.

 

Asaka bank Kengashi