E'lonlar

Yuklab olish

«Asaka» bank tanlov e'lon qiladi

«Asaka» Bank Boshqaruv Raisi va o’rinbosarlari lavozimlariga tanlov o'tkazilishi to'g’risida ma’lum qiladi

Tanlovda qatnashish uchun mazkur tanlovda qatnashishga qiziqish bildirgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda xorijiy davlatlar fuqarolari taklif etiladilar.

Tanlov ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda da’vogarlarning taqdim etilgan hujjatlari o’rnatilgan talablarga mos kelishi ko’rib chiqiladi.

Tanlov ishtirokchilariga o’rnatilgan talablar:

  • iqtisodiy yo’nalishdagi oliy ma’lumot;
  • ikki yildan kam bo’lmagan bank sohasidagi rahbar lavozimlaridagi ish malakasi va shunga muvofiq tajribasi;
  • tashkilotchilik qobiliyati;
  • yuqori turadigan tashkilotlar, mahalliy hokimiyat organlari, xo’jalik sub’ektlar rahbarlari bilan muzokaralar hamda chet ellik hamkorlar bilan biznes muzokaralar olib borish tajribasi;
  • davlat tili va rus tilida erkin muloqot qilish hamda ingliz tilini bilish;
  • me’yoriy va qonun hujjatlarini bilish, hamda loyihalarni amalga oshirish va boshqarishda zamonaviy innovatsion usullarni qo’llash;

Da’vogarlar o’rnatilgan talablarga javob berishlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari lozim. Shu bilan birga taqdim etiladigan hujjatlar to’plamiga quyida keltirilganlar ilova qilinishi lozim:

  • da’vogarning tanlov shartlari va o’tkazilishi tartibi bilan tanishganligi ko’rsatilgan arizasi;
  • da’vogarning pasport nusxasi hamda anketa (ma’lumotnoma-ob’ektivka) ko’rinishidagi shaxsiy va ish faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlari;
  • oxirgi ish joyidan tavsiya xati (ushbu tashkilotda uch yildan kam bo’lmagan ish tajribasi bilan).

Ikkinchi bosqichda birinchi bosqichdan o’tgan nomzodlar to’g’risidagi ma’lumot bank Kengashiga tegishli qaror qabul qilinishi uchun kiritiladi. Berilgan savollarning javoblari bilan biryo’la nomzodning bir qator fazilatlariga katta e’tibor javobgarligi, hushmuomalaligi, analitik fikrlashi, stressga qarshiligi, yaxshi hotirasi, jamoaviy ishi, ijodkorligi, yangilik kiritishi va tugatilmagan sudlanishi yo’qligi va bank bilan affillanmaganligi.

Hujjatlar qabul qilinishi muddati: 2020 yil 12 may soat 09:00 dan 2020 yil 21 may soat 17:00 gacha (mahalliy vaqt bo’yicha).

Tanlov o’tkazilishi mo’ljallangan kuni: 2020 yil 22 may.

Hujjatlar qabul qilinishi muddatida taqdim etilgan hujjatlar (biriktirilgan hujjatlar ro’yxati bilan papkaga (skorosshivatelga) joylashtirilgan) qabul qilinadi. Hujjatlar qabul qilinishi o’rnatilgan muddatidan so’ng taqdim etilgan hujjatlar qabul qilinmaydi va ko’rib chiqilmaydi.

Izoh:

1) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi qaroriga asosan, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ijro organi rahbari va rahbar o’rinbosari lavozimlariga nomzodlarni ko’rsatish O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning tegishli  o’rinbosarlar va maslahatchilari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

2) taqdim etilgan hujjatlar nomzodlarga qaytarib berilmaydi. Tanlov natijasiga ko’ra (bosqichlariga) faqat mazkur bosqichdan o’tgan nomzodlarga xabar beriladi.

Hujjatlar 100015, Toshkent sh., Mirobod tumani, Nukus ko'chasi,  67 uy manzilida qabul qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumot www.asakabank.uz saytida olinishi mumkin.

Elektron manzil: cenbum@asakabank.uz.

Telefonlar: (998-78) 120-82-67, 120-26-67.