E'lonlar

Yuklab olish

E'lon Qo'shimcha aksiyalar chiqarilishi munosabati

E’LON

(QO‘SHIMCHA AKSIYALAR CHIQARILISHI MUNOSABATI BILAN IMTIYOZLI HUQUQDAN FOYDALANISH)

«Asaka» bank  Navbatdan tashqari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining 2019 yil 27 iyuldagi 02-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan “Asaka” bankning qo‘shimcha aksiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi qarori
2019 yil 5 avgustda R0338-19-son bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganligini ma’lum qiladi.

Ushbu chiqarilish doirasida egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi nominal qiymati 139,01 so‘m bo‘lgan umumiy qiymati
2 816 342 600 000,00  so‘mlik 20 260 000 000 dona oddiy aksiyalar joylashtiriladi. Aksiyalarning har bir donasi uchun sotish narxi
139,01 so‘m.

Ushbu aksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
28 iyundagi PQ-4368-sonli qaroriga asosan yopiq obuna orqali O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondiga joylashtiriladi.

Aksiyadorlar qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalardan o‘zi egalik qilayotgan shu turdagi aksiyalar ulushiga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin.

Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati ushbu bildirishnoma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab 10 kunni tashkil etadi.

Bank aksiyalarini olishda imtiyozli huquqga ega aksiyadorlar ro‘yxati 2019 yil 27 iyul holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reestri ma’lumotlari asosida tuziladi.

Imtiyozli huquqqa ega bo‘lgan aksiyador aksiyalarni olishi to‘g‘risida o‘zining nomi va joylashgan yeri, o‘zi oladigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning soni ko‘rsatilgan yozma shakldagi arizani va haq to‘laganlik to‘g‘risidagi hujjatni bankka yuborish orqali o‘z imtiyozli huquqini to‘liq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida bankka taqdim etilishi kerak.