Tadbirlar

Yuklab olish

ASAKA BANK RAHBARIYATI FARG`ONA VILOYATIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI

♦ Ushbu uchrashuvda "Asaka" bank Respublika Boshqaruv Raisi o'rinbosari Abdullayev Boboxon Rustamоvich, tuman hokimi o'rinbosari Sattorov Muhammadolim Xolmatovich "Asaka" bank Farg'ona viloyati filiali boshqaruvi o'rinbosari Maqsudov Elbek Sobirxonovich, tuman tijorat banklari rahbar xodimlari ishtirok etdilar.

♦ Yig'ilishni "Asaka" bank Boshqaruvi Raisi o'rinbosari B.Abdullayev kirish so'zi bilan ochib, bugungi kunda mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy, siyosiy-huquqiy sohalarning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar to'g'risida batafsil so'zlab berdi.

♦ Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi tumandagi tadbirkorlarning faoliyatlari davomida bank bilan bog'liq masalalarni o'rganish, ularning qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish va ularga amaliy yordam berishdan iboratligi to'g'risida so'z yuritildi.

♦ Tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi, bu masalalar yuzasidan tadbirkorlarga kerakli tushunchalar berildi va muammolari bo'yicha tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.