Yangiliklar

Yuklab olish

Rasmiy munosabat

 “Asaka” bank Sirdaryo viloyati filiali 2019 yil 7 sentyabrda Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi orqali efirga uzatilgan tanqidiy chiqish bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Guliston shahar “Bog’ishamol” mahallasida  yashovchi fuqaro X.Aliboev tomonidan Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasiga muammolari  bo’yicha qilgan murojaati asosida “Obod mahalla” dasturi ijrosi  yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bơyicha mavjud kamchiliklar tơg’risida Guliston shahar hokimi ơrinbosari J. Yariev tomonidan munosabat bildirilganligi, unga kơra kơp qavatli uylarni ta'mirlash va obodonlashtirishdagi mavjud uzilishlar viloyatda faoliyat  yuritayotgan “Asaka bank” va boshqa tijorat banklar tomonidan kredit mablag’lari ajratilishida sansalorlikka yơl qơyilayotgani sabab qilib kơrsatilgan.

“Asaka” bank Sirdaryo viloyati filiali tomonidan Guliston shahar 2-sektor hududidagi mahallalarda faoliyat olib boruvchi jami 7 ta XUJMShga xizmat kơrsatib kelinmoqda.

Bugungi kunga qadar, XUJMShlarga jami 5 136,8 mlrd. sơm kredit mablag’lari ajratilgan bơlib, shundan muddati ơtgan qarzdorlik 543,5 mln. sơmni tashkil qilmoqda. Shu bilan bir qatorda mazkur XUJMShlar “Obod mahalla” davlat dasturiga kiritilmagan.

Guliston “Bog’ishamol” mahallasida faoliyat olib boruvchi XUJMShlar “Asaka” bankning Sirdaryo filialida hisob raqam ochmagan hamda kredit mablag’i sơrab ariza bilan murojaat qilmagan.