Yangiliklar

Yuklab olish

Rasmiy munosabat

 “Asaka” bank Surxondaryo viloyati filiali 2019 yil 24 avgustda “Diyor  yangiliklari” dasturida efirga uzatilgan tanqidiy chiqish bo’yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.

Dasturda “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida Jarqơrg’on tumanidagi ayrim oilalarga kredit mablag’lari ajratilishi paysalga solinayotgani, ta'minotchi va tijorat banklari ơrtasida mablag’larni ơtkazib berishda muammolar paydo bơlayotganligi tanqid ostiga olingan.

Bugungi kunda bankning Surxondaryo viloyati filiali uchun “Har bir oila - tadbirkor” Dasturi doirasida ajratilgan resurs mablag’lari, shu hududdagi aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga kredit shaklida tơliq joylashtirilgan, shu jumladan  yuqorida qayd  etilgan Nizomga asosan bank filiali tomonidan berilishi rejalashtirilgan kredit mablag’lari tơliq hajmda ajratilgan.  

Ayni vaqtda,  yuqoridagi dastur asosida kreditlar Surxondaryo viloyati filialining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib,  ya'ni boshqa mijozlarga avval berilgan kreditlar qaytarilishi hisobidan kalendar  navbatida kơrib chiqilmoqda.