Yangiliklar

Yuklab olish

"Asaka" ATB matbuot xizmati xabar beradi.

“Muxbir tanqidlari” telegram tarmog’ida Namangan viloyati filialiga qarashli bankomatning ishlamayotgani tanqid qilingan.

            Haqiqatda, bank binosi tashqarisida «24/7» shahobchasidagi Uzkard tizimida aholiga xizmat kơrsatadigan bankomat 2019 yil 27 dekabr kuni noma'lum texnik sabablarga kơra ishdan chiqqani.

            Ushbu holat  yuzasidan filialning mutasaddi bơlimi xodimlari shu kunning o’zida, filial rahbariyatiga va Bosh ofis “Chakana biznes” departamentining ma'sul xodimlariga og’zaki ravishda telefon orqali xabar berib,  yuzaga kelgan muammoni zudlik bilan bartaraf  etishni sơragan.

  Bosh ofis “Chakana biznes” departamenti mutasaddi xodimlari bu masalani ơrganib chiqib, «Asaka» bank tizimidagi bankomatlarga texnik xizmat kơrsatish bơyicha «BS-2» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga binoan kafolat muddati tugaganligi va 2020 yilda  yangi shartnoma imzolangach, Namangan filialidagi bankomatni ta'mirlash ishlari 2020 yil 13-20  yanvar  kunlari amalga oshirilishini ma'lum qilgan.

  Hurmatli mijozlar, texnik nosozliklar uchun uzr sơraymiz.