Yangiliklar

Yuklab olish

Asaka bank "Yosh matematik" stipendiyasi g`olibini taqdirladi

“Аsaka” bank Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 31 yanvarь kuni ilm-fanni rivojlantirishga bagʼishlab oʼtkazilgan yigʼilishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston milliy universiteti bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasining V. I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Markaziy Bank oʼrtasida imzolangan “yoʼl xaritasi” ga binoan “Yosh matematik” stipendiyasini taʼsis etgandi.

Maqsad matematika yoʼnalishidagi qobiliyatli yoshlarni ragʼbatlantirish, ularni yaratuvchanlik faoliyatiga keng jalb qilish, iqtidorli talabalarni qoʼllab-quvvatlash, bilimini yuksaltirish, intellektual rivojlantirish hamda munosib taqdirlash.

photo_2020_06_29_23_01_50.jpg

Nufuzli “Yosh matematik” stipendiyasi har yili “30 iyunь – Yoshlar kuni” arafasida aniqlanib, ilk gʼolib matematika yoʼnalishida koʼplab xalqaro olimpiadalarda muvaffaqqiyatli ishtirok etib kelayotgan Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy Universiteti Matematika fakulьteti talabasi Tolibjon Ismoilov boʼldi.

1999 yil Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tugʼilgan Tolibjon 2018-2019 oʼquv yilida OʼzMU hamda Qori-Niyozov stipendiyalarining sohibi boʼlgandi. 2018-yil Urganch shahrida oʼtkazilgan Аl-Xorazmiy Xalqaro Matematika Olimpiadasida oltin medalni qoʼlga kiritgan. Shuningdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida universitet talabalari oʼrtasidagi 5-NCUMC olimpiadasida I darajali diplom(oltin medal); Respublika universitet talabalari oʼrtasidagi IV Qori-Niyozov olimpiadasida 1-oʼrin; Bolgariyaning Blagoevgrad shahrida boʼlib oʼtgan universitet talabalari oʼrtasidagi 25-Xalqaro Matematika Olimpiadasida bronza medaliga sazovor boʼlgan.

Milliy Universitetda boʼlib oʼtgan taqdirlash marosimida gʼolibga “Yosh matematik” stipendiyasining sohibi” guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.

photo_2020_06_29_23_01_53.jpg

“Аsaka” bank Tolibjon Ismoilov singari iqtidorli yoshlarni qoʼllab-quvvatlashga doim tayyor. Аziz yoshlar siz ham nufuzli “Yosh matematik” stipediyasining sohibi boʼlishingiz mumkin. Buning uchun aʼlo oʼqish bilan birga yaratuvchanlik qobiliyatingizni shakllantiring va doim bilimingizni oshirib boring. Аlbatta yutuqqa erishasiz.

“Аsaka” bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!