Yangiliklar

Yuklab olish

"Asaka" banki - ADWEEK bosh hamkori!

Joriy yilning 9-11 aprel kunlari poytaxtimizda ADWEEK - marketing va reklama haftaligi o'tkaziladi. Bizning bank ushbu tadbirni qo'llab-quvvatlab, bosh hamkor sifatida ishtirok etmoqda.

ADWEEK - o'z biznesini faol rivojlantirayotgan tadbirkorlar uchun yilning eng muhim tadbirlaridan biridir.
Har yili bu yerda mutaxassislar tajriba almashish, zamonaviy marketing va reklama texnologiyalari sohasida o'z yutuqlarini namoyish etish uchun uchrashadilar.
Biz bunday nufuzli tadbirning bir qismi bo'lishdan mamnunmiz!