Yangiliklar

Yuklab olish

"Asaka" banki velosport bo'yicha Osiyo chempioni bo'lgan o'zbekistonlik sportchi Olga Zabelinskayani tabrikladi

"Asaka" banki jamoasi velosport bo'yicha guruh musobaqasida Osiyo chempioni bo'lgan o'zbekistonlik sportchi Olga Zabelinskayaning yuqori sport natijalariga erishganidan xursand bo'ldi va u bilan chin dildan faxrlanadi.

"Asaka" banki rahbariyati sportchini tabriklab, uning g'alabasi davlatimizning xalqaro nufuzi oshishiga hissa qo'shishini ta'kidladi.

Olgaga chin qalbdan sihat-salomatlik, farovonlik va Olimp cho’qqisini zabt etishida katta muvaffaqqiyatlar tilaymiz.

Olga Zabelinskaya oltin medaldan tashqari, Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etish uchun reyting ochkolarini ham qo'lga kiritdi.