Yangiliklar

Yuklab olish

Asaka banki matbuot xizmati habar qiladi. Munosabat.

2020 yil 4 fevral kuni Jahon.uz saytida “Asakabank” filiallari tomonidan imtiyozli kredit talon-taroj qilinayotgani haqidagi xabar chiqqan bo‘lib, mazkur ma'lumotga asoslangan holda Muxbir Daliev telegram tarmog‘ida ham post qoldirilgan. Hurmatli jurnalistlar va blogerlar iltimos  tekshirilmagan, ohirigacha o‘rganilmagan ma'lumotlarni jamoatchilik e'tiboriga taqdim etmang.

 

           “Asaka” banki Oltiariq filialining (bu filial 2019 sentyabr oyida yopilgan) bir necha nafar xodimi jismoniy va yuridik shaxslar nomiga noqonuniy kredit xujjatlari rasmiylashtirib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani Bankning ichki tekshiruvi vaqtida aniqlangan. Unga binoan mazkur ish huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirilgan.  Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltiariq tuman sudining 2019 yil 19 dekabr kungi xukmiga asosan ular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, yetkazilgan zarar  ayblanuvchilardan to‘liq undirilgan.

          Hozirgi kunda dastlabki tergov davomida undirilgan zarar summalari majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan filialning maxsus depozit hisob raqamiga o‘tkazilgan. Qolgan zarar summasini undirish bo‘yicha majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlari olib borilmoqda.