Yangiliklar

Yuklab olish

"Asaka" banki - moliyaviy ko`makdosh

Sizlarni  «Loyihalar fabrikasi» doirasida «Asaka» banki mijozlari faoliyati bilan tanishtirishdan mamnunmiz.  «Loyihalar fabrikasi» -  yangi yirik investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, bank va mijozlar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik hamda ishonchni mustahkamlashga qaratilgan loyihadir. 

"BEK MEGA TEXTILE" - 2012 yilda o'z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda tayyor to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan yirik, zamonaviy va jadal rivojlanayotgan korxona hisoblanadi. Kompaniya asoschisi Sunnat Abdullayev. 

Korxona «Asaka» banki ko'magi bilan trikotaj matolar ishlab chiqaruvchisidan tayyor to'qimachilik mahsulotlarining yirik eksportyorigacha  bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Yillik eksport hajmi 4 million dollarni tashkil etadi, kompaniya mahsulotlari MDH davlatlari, Yevropa va AQSh ga eksport qilinadi. Korxonada 1000 ta ishchi o'rni mavjud.

Hozirgi kunda korxona yiliga 10 million dona to'qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaradi.