Yangiliklar

Yuklab olish

Asaka banki rahbariyati Avstriyada o'tkazilgan moliyaviy forumda ishtirok etdi

"Asaka" banki rahbariyati har yili o'tkaziladigan 25 - "Euromoney Central & Eastern European Forum" moliyaviy forumida ishtirok etdi.

Forum 14-15 yanvar kunlari Avstriya poytaxtida bo'lib o'tdi. Bu moliyaviy dunyoda muhim voqelik bo'lib, 2020 yilgi rejalarni tuzishda muhim sanaladi.
Anjumanda 2020-yilga mo'ljallangan makroiqtisodiy istiqbollar ko'rib chiqilib, ayrim mamlakatlar iqtisodiyoti chuqur tahlil qilindi. Bir qator muhim suhbatlar, taqdimotlar, seminarlar va davra suhbatlari o'tkazildi. Mazkur nufuzli tadbir delegatlarga yuqori imkoniyatlarni taqdim etadi. Boisi unda sarmoyadorlar, investitsiya bankirlari, ishbilarmonlar, siyosatchilar va moliyaviy xizmatlarni yetkazib beruvchilar qatnashadi.

Markaziy va Sharqiy Yevropa moliyaviy forumi - Yevropa tashkilotlari bilan biznes qilishni istaganlar muloqot qilishi uchun keng imkoniyat yaratadi.
"Asaka" banki ushbu forumda faol ishtirok etib, Boshqaruv Raisi o'rinbosari Boboxon Abdullayev "Asaka" ATB faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari to'g'risida qisqacha ma'lumot berdi, transformatsiya jarayonlari va kelgusi ikki yilgi rivojlanish rejalari haqida gapirib berdi.
«Asaka» bankining bunday keng ko'lamli tadbirda ishtirok etishi xalqaro biznes sheriklar doirasini kengaytirish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan.