Yangiliklar

Yuklab olish

«Asaka» banki tarmog'idagi yoshlar vatanparvarlik turnesi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmonida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
“Asaka” banki tizimida “Yangi O‘zbekiston ravnaqi va mening hissam” mavzusida anjuman turne yo‘lga qo‘yildi. Bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, halol va fidoyi yoshlarni ruhlantirish, yosh rahbar kadrlarni tarbiyalash, zahirasini yaratish kabi maqsadlarda tashkil etilgan turnening dastlabki bosqichiga Bankning Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari filiallarida mehnat qilayotgan yoshlar taklif etildi.
Rahbariyat qarshisida o‘z fikr va mulohazalarini ochiq-oydin, dadillik bilan aytishga Yoshlar har doim ham jur’at eta olmasligi mumkin. “Asaka” banki Boshqaruv Raisi ishtirokida o‘tgan anjumanda ularga ana shunday imkoniyat yaratib berildi. Yosh avlod vakillariga yurtimiz ilg‘or davlatlar qatoridan joy egallashi uchun oldinga qo‘yilgan vazifalar haqida gapirilib, bu borada Yoshlarga katta ishonch bildirilayotgani ta’kidlab o‘tildi.
Tadbirning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u ulug‘ bobokalonlarimiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud sanasi arafasida tashkil etilib, ajdodlarimizning boy ma’naviy-madaniy merosini o‘rganish, ularga qiziqtirish va targ‘ib qilish yo‘lida amalga oshirilayotgan borasida ham so‘z yuritildi. Sharqshunos olimlar, ziyolilar, O‘zbekiston xalq artistlari taklif etilib, yoshlar bilan yaqindan suhbatlashishdi. Anjuman so‘nggida mehmonlar va yoshlarga tesdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

“Asaka” ATB Axborot xizmati