Yangiliklar

Yuklab olish

«Asaka» banki tomonidan Samarqand shahriga press-tur

"Asaka" banki Samarqandda press-tur o‘tkazdi. Unda mamlakatning nufuzli ommaviy ahborot vositalari xodimlari 

- "O'zbekiston 24", "UzReport" telekanallari

- "Xalq so'zi", "O'zbekiston ovozi" gazetalari

- "kun.uz", "bankir.uz", "UzA", "Банк Ахборотномаси" telegram-kanallarining vakillari ishtirok etdi.


Press-turdan maqsad bank tomonidan moliyalashtiriladigan ob'ektlar faoliyati haqida batafsil ma'lumot berish edi. Tadbir davomida jurnalistlar 4 ta yirik ishlab chiqarish korxonasida bo'lib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, mutaxassislar ularga ishlab chiqarishning butun tsiklini gapirib berdi va bu jurnalistlarda katta taassurot qoldirdi.
Tanishilgan obyektlar:
- SAG nomi bilan tanilgan SAM ANTEP GILAM;
- sun'iy chim va kovrolin ishlab chiqarish va sotish bilan shug'ullanadigan "TUFT AND GRASS" korxonasi;
- "SAMARKAND EURO ASIA TEXTILE";
- poligrafiya sohasidagi yetakchi tarmoqlardan biri "TONG"