Yangiliklar

Yuklab olish

Asakа bankining mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi hissasi:O'zbek paxtasidan ekologik toza, yuqori sifatli ixcham iplar ishlab chiqarilyapti.

“Asaka” bankining mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi hissasi: 
O'zbek paxtasidan ekologik toza, yuqori sifatli ixcham iplar ishlab chiqarilyapti. 

Mijozlarga yuqori sifatli xizmat turlari taqdim etishni yanada jadallashtirgan “Asaka” banki to'qimachilik sanoatiga taalluqli ko'plab loyihalarni moliyalashtirmoqda. Xususan, O'zbekistonda ip ishlab chiqaradigan etakchi to'qimachilik kompaniyalaridan biri “Global Tekstile Solutions” Bank mijozlaridan biri hisoblanadi.

300 ta ish o'rniga ega korxonada yiliga 5 200 tonna ip yigiriladi. “Asaka” banki 2019 yilda “Global Tekstile Solutions”ga texnologik asbob-uskunalarni sotib olish maqsadida import kontrakti to'lovi va to'quv uskunalari xaridi uchun mos ravishda 21 mlrd 760 mln so‘m hamda 2 mln 939 ming yevro ajratgan. Natijada Yaponiya, Shveytsariyadan keltirilgan zamonaviy va xavfsiz texnologiyalar yordamida o'zbek paxtasidan ekologik toza, yuqori sifatli ixcham iplar ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Jahon bozorida bunday mahsulotlarga talab katta bo'lib, Xitoy, Rossiya va Turkiya davlatlari "Global Tekstile Solutions”ning asosiy mijozlari hisoblanadi.

 “Asaka” banki – moliya bozorida sizning ishonchli hamkoringiz!