Yangiliklar

Yuklab olish

"Asaka"ning yangi bank xizmatlari markazi endi Chilonzorda

Bugun poytaxtimizda Chilonzor bank xizmatlari markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi va tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bugungi kunda moliya muassasalari imkoniyatlarini yanada kengaytirish, mijozlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish, sohaga ilg‘or xalqaro texnologiyalarini joriy qilish, bankni moliyaviy barqaror va raqobatbardosh muassasaga aylantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullaev barchani qutlar ekan, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yuritish “Asaka” banki oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlardan birini ekanini ta’kidlab o‘tdi.   

“Asaka” bankining Toshkent shahar filiali tomonidan ochilgan Markaz mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va jismoniy shaxslarning Filialda ochilgan hisobvaraqlari orqali hisob-kitob, kassa, kredit, bank kartasi, xalqaro pul o‘tkazmalari, omonat va ularga tenglashtirilgan bank amaliyotlari, shu jumladan masofadan turib bank xizmatlari hamda ushbu Nizomda belgilab berilgan bank xizmatlarini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Markazda tunu-kun ishlovchi 24/7 shahobchasi ochilib, barcha turdagi plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatuvchi - zamon talablariga mos bankomatlar o‘rnatildi. Ya’ni markaz yaqinda joriy etilgan, har jihatdan qulay va ko‘p funktsiyali “Xumo” hamda “UzCard”, “MasterCard”, “Maestro”,  “VISA kartalarini qabul qiluvchi bankomatlar bilan ta’minlandi. 


Chilonzor bank xizmatlari markazining faoliyat boshlashi muqim ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qildi. Bu kabi markazlar Respublikamizning boshqa xududlarida ham tashkil etiladi.