Yangiliklar

Yuklab olish

Eski namunadagi 50 va 100 so`mlik tangalar, shuningdek 50, 100, 200, 500 so`mlik banknotlar muomaladan qaytarib olinadi

         O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarning muomalaga chiqarilishi rejalashtirilayotganligi munosabati bilan eski namunadagi 50 so‘mlik va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50 so‘mlik, 100 so‘mlik, 200 so‘mlik, 500 so‘mlik banknotlarini muomaladan qaytarib olish ko‘zda tutilgan.

       Eski namunadagi tangalarni va banknotlarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yo‘l bilan, ya’ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotlarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi.

Manba: www.cbu.uz