Yangiliklar

Yuklab olish

Facebook ijtimoiy tarmog'idagi videobayonotga munosabat

Kuni kecha Facebook ijtimoiy tarmog'ida Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Elena Averyanovaning videomurojaati joylangan edi. Muallif o'z murojaatida “Asaka” bank xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari "Agrologistics Central Asia" MChJning hozirgi og'ir moliyaviy ahvoliga sabab bo'lgan deb da'vo qilmoqda. Bundan tashqari, E. Averyanova “Asaka” banki xodimlarini jamiyatning bankrotligiga olib keladigan qasddan qilingan ishlarda ayblamoqda.

Bank siri bilan bog'liq ma'lumotlarni oshkor qilish O'zbekiston Respublikasining "Bank siri to'g'risida" gi Qonuniga muvofiq cheklanganligi sababli, "Asaka"  bank  “Agrologistics Central Asia" MChJ bilan tuzilgan bitim tafsilotlarini oshkor eta olmaydi.

Shuni ta'kidlash kerakki, kredit milliy valyutada, juda qulay shartlarda, asosiy qarzni to'lash uchun imtiyozli davr bilan taqdim etilgan, bundan tashqari, keyingi 6 oy uchun imtiyozli davr tugagandan so'ng, Bank tomonidan to'lovlar jadvali yumshatilgan holda  o`zgartirilgan va Bank tomonidan hisoblangan foizlarni to'lash bo'yicha ham imtiyozli davr taqdim etilgan.  Shunday qilib,  kreditni to'lashda qarz oluvchiga tushadigan yukni minimallashtirish harakatlarining barchasi qo`llanilgan.

Bugungi kunga qadar, 2 yildan ortiq vaqt o'tgach, mijoz  tomonidan asosiy qarz mablag`I umuman qoplanmagan. Mijoz shuningdek, hisoblangan  foiz to`lovlarini  ham amalga oshirmagan.

Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu davr mobaynida "Agrologistics Central Asia" MChJ  tomonidan 2 marotaba hosil yig`ib olingan,  ularni sotuv ishlari ham  bank hisobvarag`ini chetlab o`tgan holda amalga oshirilgan. Bu yerda  soliq to`lovi masalalari ham ochiq qolmoqda.

Chet ellik investorning huquqlari buzilganligi to'g'risidagi bayonotga kelsak. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun "Agrologistics Central Asia" mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan va Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha "Yagona darcha" markazi tomonidan 27.04.2018 yildagi 603150-son bilan ro'yxatdan o'tgan. Shuni ta'kidlash kerakki, issiqxona qurilishini moliyalashtirish uchun hech qanday xorijiy kapital kiritilmagan. Moliyalashtirishning barcha hajmi  “Asaka” bank krediti hisobidan, shuningdek kompaniyaning mahalliy asoschisi hisobidan amalga oshirilgan. Shu bilan birga, issiqxonaning  barcha texnologik uskunalari bank krediti hisobidan moliyalashtirilgan. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Elena Averyanova 2020 yil iyun oyida mahalliy ta'sischi ulushining bir qismini, umumiy ustav kapitalining 2,5 %  ulushiga ega bo'lgan holda kompaniya a'zosi bo'lgan. Korxonaning ustav fondida xorijiy kapital ulushi mavjud emas.  

Asaka Bank o'z mijozlarini qo'llab-quvvatlamaydi degan bayonot bo`yicha:

Koronavirus bilan bog'liq vaziyatni hisobga olgan holda muddati o'tgan qarzlar bo`yicha, "Asaka" bank o'zining bir qator mijozlari-qarz oluvchilarga joriy yilning fevral oyidan boshlab, ishlab chiqarish uchun o'z hisobvarag'idan to'lovlarni muddati o'tgan ssudalarni yig'masdan erkin ravishda amalga oshirish imkoniyatini yaratdi.

Joriy yilning aprel oyida moliyaviy holatiga qaramasdan, "Agrologistics Central Asia" MChJ, loyihani qayta tiklash uchun kreditni qayta tuzish, ya'ni, asosiy qarz  uchun ham, hisoblangan foizlar uchun ham to'lovlarni kechiktirish  tayinlash to'g'risida "Asaka" bank ichki qarori qaror qabul qilingan.

Shuni ta'kidlash joizki, issiqxona majmuasi uskunalari bankning kredit mablag'lari hisobidan sotib olingan va o`z-o`zidan  garovga qo'yilgan mulk hisoblanadi.

"Asaka" bankining konstruktiv yechim topishga bo'lgan barcha urinishlariga qaramasdan,  "Agrologistics Central Asia" MChJ moliyaviy ahvolini yaxshilash istiqbollari yo'qligi sababli Bank kredit siyosatiga, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq garovga qo'yilgan mol-mulkni musodara qilish maqsadida Sud organlariga murojaat qilishga majbur bo`lgan.  Bugungi kunda  ish ko'rib chiqilmoqda. Bank tomonidan qo`zg`atilgan  da'vo arizasining predmeti "garovga qo`yilgan mol-mulk summasini undirishdan” iborat,  mijoz talqin qilayotgandek, “issiqxona majmuasini buzish va korxona faoliyatini to`xtatish” ga qaratilmagan.

"Asaka" banki har qanday qo'llab-quvvatlashiga qaramay, "Agrologistics Central Asia" MChJ rahbariyati korxonada  boshqaruvni to`g`ri tashkil qila olmagani,  moliyaviy tartibning  yo'qligi, shuningdek ishlab chiqarishdagi noprofessionallik korxonani bugungi holatga olib keldi, shu jumladan korxona ishchilariga ish haqi to'lashda ham qiyinchilik tug'dirdi.

Joriy yilning noyabr oyida "Asaka Bank",  "Agrologistics Central Asia" MChJ va  Kun.uz vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan so'nggi uchrashuvda Bank to'lovlarni kechiktirishga tayyorligini yana bir bor tasdiqladi.

Shu bilan birga, Jamiyat vakillari, shu jumladan E. Averyanova, issiqxonaning keyingi faoliyati uchun moliyaviy manbalar yo'qligini ta'kidladilar. Shundan so'ng, issiqxona majmuasi uchun xaridor topishga kelishib olindi. Bugungi kunga qadar "Agrologistics Central Asia" MChJ Bankka issiqxonani sotish bo'yicha tijorat taklifini yubordi, unda aloqador shaxslar va ob'ektning boshlang'ich qiymati ko'rsatilgan.

Ushbu kelishuvga qaramay, E. Averyanova asossiz ayblovlar bilan videomurojaat bilan chiqdi.

Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida “Agrologistics Central Asia” MChJ tomonidan issiqxona kompleksi sotish uchun ommaviy kim oshdi savdosiga qo'yildi. Muvaffaqiyatsiz o'tkazilgan kim oshdi savdosidan so'ng, korxona issiqxonanini bank balansiga yangi qurilgan kim oshdi savdosi yoki mijoz istagan narxda qabul qilinishi taklifi bilan murojaat qildi. Taklif qilingan narx bozor narxidan sezilarli darajada yuqori bo`lgani (bu kim oshdi savdosi najitasi bilan ham tasdiqlandi) sababli Bank ushbu taklifni rad etdi.

 Shuningdek ushbu mulkni ta'sischilar taklif etgan  qiymatda sotish, kredit qarzlarini yopish va qolgan  farqni korxona ixtiyorida qoldirish taklif qilindi. Buning uchun  issiqxona egasi tomonida taklif etilayotgan narxga sotib olishga tayyor xaridorni topish kifoya.

Tijorat banklari, shu jumladan "Asaka" banki, o'z mohiyatiga ko'ra, o'z mijozlarining, xususan Qarz oluvchilarning bankrot bo'lishidan manfaatdor bo'la olmaydi. Qarz oluvchilarning moliyaviy holati har doim ularning to'lov qobiliyatiga salbiy ta'sir ko`rsatadi, bu muqarrar ravishda ertami-kechmi bankni likvidlik muammosiga olib keladi. Qarzlar evaziga undirib olingan mol-mulk esa o`z navbatida Bank operatsion xarajatlarini ko'payishiga olib keladi (xavfsizlik, soliq va boshqalar bilan bog'liq xarajatlar mavjud).

Bank tomonidan ushbu muammoni hal qilishning barcha mumkin bo'lgan usullarini taklif qilindi. Bank issiqxonani boshqa investorga sotishni osonlashtirish uchun “Agrologistics Central Asia” MChJ qarzdorligini istalgan bir moliyaviy barqaror korxonaga qayta ro'yxatdan o'tkazishga tayyorligini ham e'lon qildi. Chunki  "Agrologistics Central Asia" MChJ vakillari tomonidan issiqxonani kelgusida qayta ishga tushirish uchun mablag yo`qligi e`lon qilingan edi. O'z navbatida, Bank amaldagi kredit bo'yicha to'lovlarni to'lash muddatlari uzaytirilgan holda aylanma mablag'larni cheksiz ravishda moliyalashtirish imkoniyatiga ega emas.

"Asaka" bankning noqonuniy xatti-harakatlari to'g'risidagi barcha murojaatlar va taqdim etilgan materiallar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Komissari (Ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, huquqni muhofaza qilish idoralari, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa organlar tomonidan sinchkovlik bilan o'rganib chiqildi, natijada usgbu ayblovlar o`z tasdig`ini topmadi.