Yangiliklar

Yuklab olish

Twitter ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi Iqbol Yusuf qoygan postga munosabat!


     Kreditlar "Asaka" banki tomonidan bank va mijoz o‘rtasida imzolanadigan shartnoma asosida beriladi. Mazkur shartnoma shartlaridan biri mijoz oylik to‘lovlarni muddatidan kechiktirmasdan bankka to‘lab borishidir. To‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan taqdirdagina, Asaka bank Yagona aloqa markazi - "Soft Collection" xizmati operatorlari qo‘ng‘iroq qilib,  to‘lovni amalga oshirish lozimligi to‘g‘risida eslatib qo‘yadi. Agar shunda ham kredit to‘lanmasa, mijozni ortiqcha bezovta qilmaslik maqsadida qo‘ng‘iroq o‘rniga SMS xabarnoma yuboriladi. Agar Siz shartnoma shartlarini buzmasangiz, bank Sizni ortiqcha bezovta qilmaydi. "Asaka" banki har bir mijozini hurmat qiladi va ular uchun yanada qulay shartlarda bank xizmat turlarini taklif qilish ustida ish olib bormoqda.