Yangiliklar

Yuklab olish

Moliya dunyosida muhim voqea

Toshkentda "O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi" tomonidan tashkil etilgan "Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda kapital bozorning tutgan o'rni" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi.


Nufuzli anjumanda jahonning yirik investitsiya kompaniyalari va moliya institutlarining 200 dan ortiq vakillari, jumladan Bloomberg, Citibank, London Stock Exchange va boshqa moliya muassasalari ishtirok etdi.

"Asaka" bank tadbirning "oltin homiysi" hisoblanadi. Konferensiyada boshqaruv Raisi o'rinbosari B.Abdullayev, Bankning biznes va tezkor modeli transformatsiyasi bo’yicha konsalting loyihasi rahbari D.Jafarova va bank xodimlari qatnashdi.