Yangiliklar

Yuklab olish

Munosabat

17 yanvar kuni "Bankir kundaligi" telegram kanalida "Asaka" bankining Humo kartalari orqali boshqa banklarga kredit to‘lovlarini hech qaysi mobil ilova yordamida amalga oshirib bo‘lmayotgani haqida post qoldirilgan edi.  Bu sirdaryolik mijozning murojaati bo‘lib,  masalaga oydinlik kiritish so‘ralgan.  Bank mutaxassislari mijoz bilan shu kunning o‘zidayoq bog‘lanib, to‘lovlarni amalga oshirish tartibi tushuntirilgan. 

 "Asaka" banki Humo kartalari orqali kreditlarni to‘lash uchun  Asaka Mobile ilovasidagi bir marotabalik to‘lov funktsiyasidan foydalanasiz. Undan avval esa qo‘lingizda bankingiz hisob raqami,  INN,  MFO  haqida ma’lumot bo‘lishi lozim.  Bu ma’lumotlarni banklar hech qanday muammosiz taqdim etadi. Sirdaryolik mijozga mazkur qulayliklar tushuntirilgan va uning muammosi qisqa fursatda bartaraf qilindi.