Yangiliklar

Yuklab olish

Qonunlar ijrosi amalda

   “Asaka” banki Bosh ofis, filiallarning xuquqshunoslari va kredit bo‘limi xodimlari uchun “Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta'minlash bo‘yicha nazariy va amaliy seminar o‘tkazildi. Unda 2020 yil 14 yanvardagi O‘RQ-606-sonli Qonun mazmun-mohiyati mutaxassislar ishtirokida atroflicha o‘rganilib, tahlil qilindi.  Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Garov reestri, undan foydalanish qulayliklari va afzalliklari ham muhokama qilinib, undan foydalanish bo‘yicha amaliy va texnik ko‘rsatmalar berildi.

Seminarga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi hamda Davlat notariusi mutaxassislari ham taklif etildi.