Yangiliklar

Yuklab olish

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida "Raqamli bank: Asaka bankda ushbu tizimning dastlabki bosqichlari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Bugun poytaxtimizdagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Raqamli bank: Asaka bankda ushbu tizimning dastlabki bosqichlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Iste'molchiga sifatli, zamonaviy va qulay “Raqamli” bank xizmatlarini taqdim etish bugungi kunda “Asaka” bank oldiga qo‘yilgan eng asosiy vazifalardan biridir.  Moliya muassasasida masofadan xizmat ko‘rsatish sifati doimo oshirib kelinmoqda, yuridik shaxslarga mo‘ljallangan tizimning takomillashtirilgan talqini amaliyotda qo‘llanilyapti. Undan foydalanuvchilar soni hozirda 5437 dan oshib ketdi. Shu jumladan, «SMS-banking» masofaviy xizmati foydalanuvchilari ham muntazam ko‘payib, bugungi kunda qariyb 179 000 tani tashkil etmoqda. 
Bankning internet tarmog‘idagi rasmiy veb-sayti www.asakabank.uz muntazam rivojlantirilib, yangilanib borilmoqda. Sayt orqali bank to‘g‘risida to‘liq ma’lumot, jumladan: kreditlar turlari va shartlari, bank xizmat tariflari, tarixi, bank to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni olish mumkin. Sayt sahifasining yangi talqini ustida ish olib borilmoqda. SWIFT kompleksi infrastrukturasi, server qurilmasi xamda Alliance dasturiy ta’minotining 7.0 versiya o‘rnatildi.

“Asaka” ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Abdullaev ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida bankda kechayotgan transformatsiya jarayonlari haqida ham keng tushunchalar berildi. Ya’ni moliyaviy xizmat ko‘rsatish zamon talablariga moslanayotgan bo‘lib, raqamli bank tizimiga o‘tilmoqda va chakana xizmatlar ko‘rsatish markazlari ochilyapti. Mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida  “Asaka mobile” dasturiy kompleksining mobil ilovasi xamda uning veb versiyasi- “Pay asaka” ishga tushirildi.  
Hozirgi vaqtda quyidagi yangi dasturiy tizimlarni joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda:
CRM – mijoz bilan muloqot monitoringi;
BPM – biznes jarayonni boshqarish;
HR – inson resurslari;
«KPI» - xodimlar ishini baxolash;
«Kredit konveyer»;
«Scoring» kredit olish imkoniyatini tahlil qilish;

Matbuot anjumanida “Scoring» kredit olish tizimining qulayliklari ko‘pchilik jurnalistlarni qiziqtirib qo‘ydi. Bank mutaxassislarining ta’kidlashicha, uning amaliyotga joriy etilishi aholi o‘rtasida to‘lov madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi.